O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

11.3.Tovar harakati funksiyasi 
 
Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash 
jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal 
etish. Sotish siyosati - iste’mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimoli 
kutilgan variantlarni tahlil qilish va xo‘jalikning yuqori samarasiga 
erishishini ta’minlaydigan mahsulot taqsimotining hamma shaxob-
chalarida eng maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sotish 
siyosati – korxonaning taqsimlash miksi bo‘yicha marketing komp-
leksini ishlab chiqish va realizatsiya qismi bo‘yicha chora-tadbirlarini 
o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar marketing subyektlarini sotuvga 
mo‘ljallangan tovar va xizmatlarini kerakli miqdorda va tegishli sifatda
aniq vaqtda tegishli joyga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. Bu vazifalarning bajarilishi firmani rejalashtirilgan foydani 
olishga olib keladi. Sotish siyosatida qaror qabul qilishning asosiy 
mezonlari tovar aylanmasi hajmi, bozor ulushi va boshqalar qabul 
qilinadi. Bu jarayonda tovarlarning saqlanish muddati ularni tarqatish 
vaqtiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Sotuv kanallarining 
imiji, taqsimlash kanallarida ishtirok etuvchi subyektlarning 
kooperatsiya darajasi, tijoratda tavakkalchilik xavfinik amaytirish, 
taqsimlash kanallarining egiluvchanlik hayotiylikligini uzoq ta’minlash 
juda muhim hisoblanadi. 
Savdo siyosatining vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 
samarali sotish uchun optimal savdo tarmoqlarini va tovarlarning 
harakatlanish tizimini tuzishdir. 
Jahondagi ko‘plab marketologlar maqsadli bozor va optimal savdo 
natijaviyligiga tovar harakatlanishining ta’sirini narx siyosatiga nisbatan 
yuqori, deb hisoblaydi. Yaponiyalik mutaxassislar umumiy marketing 
tizimida savdo siyosati muhimligini ta’kidlab, tovarning va firmaning 
bozordagi raqobat poydevorini oshirish bo‘yicha barcha marketing 
kuchlarining asosi – o‘zagi, deb hisoblaydilar. 
Marketing kompleksi tizimida savdo siyosati quyidagi qarorlarni 
qabul qilishni ko‘zda tutadi: 
- savdo va tovar harakati strategiyalarini firmaning umumiy 
marketing strategiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash; 


301 
-

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin