Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo
korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan,
investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilar-
ni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini
qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya
shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada
jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning
ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan
narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va
tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat.
Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir
qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat
hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi.
Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish,
ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish
olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati
tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni
sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida
“sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo
firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi,
shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.
Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar
bo‘lib, bir necha firmalar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday
vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan buyurt-
malar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida
ish olib boradi, ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma
mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi.
Makler – ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda
vositachilik qilib, mumkin bo‘lgan shartnomalarni topish va uni bajarish
bilan shug‘ullanadi.