O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Buyurtmalarga ishlov berish. Mijozdan buyurtma olib, buyurt-
malar bo‘limi to‘lov xujjatlarini tayyorlaydi va ularni firmaning turli 
bo‘limlariga tarqatadi. Mavjud bo‘lmagan mahsulotlar qarzga yoziladi. 
Yuklangan (tushirilgan) buyumlar yuklarni tushurilganlik to‘lov hujjat-
lari bilan kuzatiladi. Bu hujjatlarning nusxasi firmaning turli 
bo‘limlariga yuboriladi. Kompyuterlashtirish “buyurtma – yuklash – 
(tushirish) – hisobni rasmiylashtirish” siklini tezlashtiradi. 
Omborga joylashtirish. Ishlab chiqaruvchining sikli va iste’mol bir
biri bilan kamdan kam mos tushadi va tovarlarni saqlashga to‘g‘ri 
keladi. Shaxobchalarning soni haqidagi qarorlarni, iste’molchilar uchun 
servis darajalari va taqsimlash bo‘yicha xarajatlar muomalalarini o‘zaro 
bog‘lab, qabul qilish kerak. Firma xususiy omborlariga ega bo‘ladi yoki 
umumiy foydalanish omborlaridan ijaraga joy olishi mumkin. Zamo-
naviy omborlar yuklarni qayta ishlashning mukammal tizimi bilan 
jihozlangan bo‘lib, markaziy EHM nazorati ostida ishlaydi. Bunday 
omborlarda ishlab chiqarish jarohatlari, ish kuchiga haq to‘lash 
xarajatlari, tovarlarni talon–taroj qilish va ishdan chiqarish holatlari 
kam, zaxiralarni boshqarish tizimi ancha mukammallashgan. 
Tovar–moddiy zaxiralar. Tovar–moddiy zaxiralar darajasi 
haqidagi qarorlar – xaridorlar talablarini qondirishga ta’sir etuvchi 
tovarlar harakati sohasidagi yana bitta qaror. Bozor ishtirokchisi firma 
mijozlarining hamma buyurtmalarini bajarish uchun yetarli tovar 
zaxiralariga ega bo‘lishni xohlaydi. Biroq firma uchun bunchalik ko‘p 
zaxirani saqlash rentabelli emas. Mijozlar uchun servis darajasini 


312 
oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy 
o‘sadi. Rahbariyat, tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va 
daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi kerak bo‘ladi. Faqat 
shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada 
buyurtma qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan, 
“Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini pasaytirish omillaridan biri 
butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini 
qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha 
katta partiyalarda bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu 
komplektlovchi mahsulotlar omborlarini bartaraf qilish uchun kurash va 
ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal darajada 
qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha 
2-3 soat, tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun. 
Tartibsiz omborga joylashtirish va istagancha saqlab turish, bu tashlab 
yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon. 
“Toyota”ning prinsipi ana shunday. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin