331
quyidagi usullari qo‘llaniladi: kuponlardan foydalanish, pasaytirilgan
narx bilan sotish, tovar narxining ma’lum bir qismini qaytarib berish,
mukofotlar berish, lotoreya, konkurs va o‘yinlar o‘tkazish, tovar
namunalarini bepul berish, tovar namunalarini bepul sinab ko‘rish va
boshqalar.
Sotuvchilarni rag‘batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo
bilan shug‘ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma
berish), ma’lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid
qilayotgan tovar ma’lum bir me’yordan oshsa), mukofotlar berish va
boshqalar tushuniladi.
O‘n yil oldin savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha reklamalarga va
tadbirlarga qilingan xarajatlar nisbati taxminan 60:40 ni tashkil etgan
edi. Bugun ko‘pgina qadoqlangan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan
kompaniyalarda savdoni rag‘batlantirish uchun marketing
kommunikatsiyalarining 70% to‘g‘ri keladi (bunda savdo qiluvchilarni
rag‘batlantirish uchun taxminan 50 %, iste’molchilarni rag‘batlantirish
uchun taxminan 20 % sarflanadi). Keyingi 20 yil davomida savdoni
rag‘batlantirish ulushi ko‘tarilishdagi xarajatlarning umumiy hajmida
doimiy ravishda ortib bormoqda. Ayniqsa, iste’mol bozoridagi bunday
tez o‘sishga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Ta’minotchi
kompaniyalar rahbarlari savdoni rag‘batlantirishni sotishning eng
samarali vositalaridan biri sifatida anglaydilar, yanada ko‘proq
menejerlar rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish malakasini egalla-
moqdalar, tovarlar bo‘yicha menejerlar joriy savdoning o‘sib borayotgan
talablari bosimi ostida qolmoqdalar. Bundan tashqari savdo marka
(belgi)lari soni ortdi. Iste’molchilar ko‘pchilik tovarlarga bir-biriga
o‘xshash sifatida qaraydi va ustuvor holda tovarning narxiga yo‘nala-
dilar, savdo tashkilotlari yanada ko‘proq imtiyozli shart-sharoitlar talab
qiladilar, savdoni rag‘batlantirishdan ko‘pincha raqobatchilar foydalana-
dilar. Reklama samaradorligi xarajatlarning ortishi, OAVlarning reklama
bilan to‘lib-toshgani va qonunchilikdagi cheklashlar tufayli pasayadi.
Dostları ilə paylaş: