324
Samarali sotuv tizimi faoliyati afzalliklari strategik tahlili
amaliyotida real holatga asoslanadi. Firmani mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlari, raqobatchilar bilan o‘zaro ta’siri (kurashi)
kabi omillar
strategik tahlilning afzalliklarida yoritiladi.
Korxonaning hozirgi holati tahlili tovar assortimentini, tovar
guruhini tahlil qilishdan, mijozlarga xizmat qilish va raqobatni
o‘rganishdan boshlanadi.
Raqobat sharoitida bozorning jozibadorligi
va firmaning pozitsiyasi
har doim ham bir-biriga mos kelmaydi, amalda qaysi tovar qanday
pozitsiyani egallaganligini aniqlash qiyin. O‘tkazilgan bunday tahlillar
ko‘pincha aniq holatni ko‘rsatmaydi. Raqobatli bozor sharoitida korxona
faoliyatini kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda
quyidagilarga
e’tibor berish kerak:
• ma’lum tovar yoki xizmat turi texnologiyasiga monopoliyaning
mavjudligi;
• tovar sifatining yuqoriligi;
• tovar sotilganda va undan keyin yuqori servis xizmati ko‘rsatish;
• mijozlar talabiga moyilligi;
• buyurtmalar yetkazib berishda tezkorlik;
• ma’lum hajmdagi tovarni o‘rnatilgan
vaqtda yetkazib berish;
• mijozlar bilan aloqada bo‘ladigan xodim (malakasi);
• doimoy mijozlar bilan aloqalarni mustahkam o‘rnatish.
Bundan tashqari har bir alohida vaziyatda muammodan kelib chiq-
qan holda savolnomalar (anketalar) tuzish, mijozlar fikrini o‘rganish,
bozor kommunikatsiyasini tahlil etish mumkin.
Firma mahsulotlarining bozordagi istiqboli xaridorlar hamda firma
ulgurji mijozlari segmentlari va bozor tokchasi tahlili asosida aniqlanadi.
Firma bozorda yangi iste’molchilar segmenti, yoki bozor segmenti
uchun qanday narxlarda mahsulot ishlab chiqaradi. Yangi yo‘nalashlarda
o‘z ishlab chiqarishini segmentlashtiradimi,
tovar assortimenti va
nomenklaturasini kengaytiradimi? Bu savolga firma o‘zining SWOT
tahlili asosida javob topishi va keyingi xatti–harakati haqida qaror qabul
qilishi kerak. Tovarlarni yetkazib berishda servis darajasining yuqoriligi,
tarqatish kanallarining darajalari juda muhim. Ishlab chiqaruvchi
quvvatlarini yo‘lga qo‘yishi va tovar yetkazib berishida servis va sifatga
alohida e’tibor berishi lozim.
Ishlab chiqaruvchi quvvatini oshirish keng assortimentdagi va ko‘p
nomenklaturadagi tovarlarni ishlab chiqarishga
imkoniyat yaratib, yangi
bozor va mijozlar izlashga imkon yaratadi.
325
Takliflar
muvaffaqiyati
Sotuv iqtisodiy samarasini
aniqlash
Berilgan buyurtmalar
Olingan summa
Buyurtmalar
kelishi
Kommivoyajerlar
ulushiga mos
keluvchi buyurtma qismi
Kommivoyajerlar ulushiga
to‘g‘ri keladigan
summa/umumiy
buyurtma
Rejali buyurtma bo‘yicha
portfel buyurtma
Oy oxiriga
buyurtmalar portfeli/joriy
oydagi hajm
Buyurtmalar
portfeli
tovarlar aylanmasi rentabelligi
Foyda
Tovar aylanmasi
Dostları ilə paylaş: