47
Marketing funksiyalari evolyutsiyasi marketing bo‘yicha quyidagi
mutaxassislarning zarurligini amaliyotda shakllantirdi. Taraqqiy etgan
davlatlarda marketing sohasi bo‘yicha keng tarqalgan 10 ga yaqin
mutaxassisliklar turli firma va kompaniyalarda yuqori ish haqi olib
faoliyat ko‘rsatadilar. Bular reklama va omma bilan aloqalar bo‘yicha
direktor – 500 - 4700 AQSh dollari, marketing bo‘yicha direktor -1000-
5300, marketolog – 800-1500, brend – menejer – 800-3000, reklama
bo‘yicha menejer – 800-2000, omma bilan aloqalar - PR – 800-3000,
media-planer – 700-2000, kreativ direktor – 1600-4000, media – bayer –
800-2000, kopirayter – 700-1500AQSh dollarida maosh olishi mumkin.
Marketingni boshqarish talabni
boshqaruv jarayonida muam-
molarni hal etish, marketing faoliyatining samarali tadbirlarini o‘tkazish
orqali ma’lum siyosatni olib borish, vaziyatli tahlil, maqsadlarni
aniqlash, strategiyani ishlab chiqish, tartibga solish vositalarini tanlash,
natijalarni nazorat va tahlil qilishdan iboratdir. Marketingni boshqarish-
ning asosiy mazmuni bu qarshi talab, talabning yo‘qligi, yashirin talab,
pasayuvchi talab, doimy bo‘lmagan talab, to‘liq talab, ortiqcha talab,
ratsional bo‘lmagan kabi talablarni boshqarish demakdir.
Marketing-menejment konsepsiyasi tadbirkorlik
faoliyatining asosiy
g‘oyalar tizimi, instrumentariysi (yo‘llanmasi, vositalari), atrof-muhit
tahlili va undan kelib chiqqan holda strategiyani ishlab chiqish, amalga
oshirish va nazoratdir. Marketingni boshqarish konsepsiyasining asosiy
elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-Tadbirkorlik, atrof-muhit, madaniyat, siyosat, bozorlar, tarmoqlar,
raqobatchilar.
-Siyosatning shakllanishi (konsepsiya, model, maqsadlar, strategiya-
lar).
-Siyosatni amalga oshirish (rejalar, budjet, marketing tadbirlari).
-Siyosat nazorati (natijalar tahlili, obyektiv va subyektiv o‘zgarish-
larni tahlil qilish va baholash).
Har qanday korxona yoki firmaning tarkibiy boshqaruv
strukturasi
uning faoliyat yo‘nalishini, ixtisoslashuvini, qo‘yilgan maqsadlarga olib
borish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Struktura ish joylarini
va lavozimlarni belgilaydi. Firma o‘z ishlab chiqarish rejasi, mahsulot
turi, qadoqlanishi, sotishni tashkil etishva sotuvdan keyingi xizmat kabi
faoliyatiga qarab strukturasini tuzadi. Optimal tuzilgan, tizimga solingan
struktura ko‘p jihatdan samaralifaoliyat garovidir. Funksional struktura
48
har bir boshqaruv pog‘onasida ma’lum vazifalarni bajarishni, bo‘limlar
va boshqaruvbosqichlarida muvofiqlikni talabetadi.
Tadbirkorlik sohasida marketing –
menejment talab va taklif
o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatlarni tartibga soluvchi mexanizm
sifatida namoyon bo‘ladi. Iste’molchilar xulq – atvorini tahlil qilish
natijasida faoliyatni
tartibga solish, talabni boshqarish, yangi talab
turlarini shakllantirish, o‘zgarib turuvchi konyunkturaga ta’sir ko‘rsatish
marketing –menejmentning vazifasidir.
Marketing-menejment samarasi faoliyatning iste’molchiga va
bozorga yo‘naltirilganligi bilan belgilanib, marketing rejasida to‘g‘ri
strategiya va taktika qo‘llanilishiga bog‘liq.
Istiqbolni belgilash bosqichida yuqoridagi tahlil materiallari asos
bo‘ladi. Xaridorlar va raqobatchilar xatti-harakatidagi tendensiyalar
aniqlanib, yangi bozorlar, sotuv kanallari tanlanadi. Bo‘sh bozor
segmentlarida faoliyat yuritish uchun yangi faoliyat turi bilan shug‘ul-
lanish ham raqobat afzalligini qo‘lga kiritishning samarali yo‘lidir.
Strategik marketing bosqichida uzoq muddatga mo‘ljallangan
rejalar asoslanadi. Iste’molchilar va bozor segmentlarini to‘g‘ri tanlash,
bo‘sh bozor tokchasida o‘z ulishini shakllantirish firmaning uzoq vaqt
mustahkam bozorni egallashiga yordam beradi. Firma o‘z raqobatchilari
va savdo agentlari, tashkilotlari bilan samarali munosabatlarni
shakllantirib, biz nimaga erishmoqchimiz, savoliga javob berishi kerak.
Bu davrda tegishli marketing tadbirlari ishlab chiqariladi va amalga
oshiriladi. Marketing – miksning elementlaridan qaysi biriga e’tibor
kuchaytirilishi kerakligi aniqlanadi.
Strategiya va marketing – miksni amalga oshirish bosqichida uning
natijalari samarasi tahlil qilinib, nazorat va baholash ishlari olib boriladi.
Firma o‘z maqsadiga erishdimi, talab va taklif o‘rtasidagi farqni qanday
qilib tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak, deb fikr – mulohazalar va
konkret qarorlar qabul qilinadi.
F.Kotlerning fikricha, marketing-menejment jarayoni quyidagilar-
dan iborat.
-Bozor imkoniyatlari tahlili.
-Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
-Marketing kompleksini ishlab chiqish.
-Marketing tadbirlarini amalga joriy etish.
Marketing-menejmentda boshqaruv qarorlari quyidagi yo‘nalish-
larda bo‘lishi mumkin:
49
Tahlil. Tahlil bosqichida marketing elementlarining strategik va
taktik muammolari tahlil qilinadi, bularga atrof – muhit, xaridorlar,
raqobatchilar, savdo jarayoni kiradi. Tahlil natijasida firmaning mavjud
sharoitda raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari tadqiq
qilinadi va keyingi faoliyat yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, yoki
taktik tadbirlar o‘tkazilishi va mavjud strategiyaga aniq o‘zgartirishlar
kiritilishi mumkin. Bularga:
- Marketing konsepsiyasi
va axborot tizimini, benchmarking,
marketing qarorlarini qo‘llab – quvvatlash, marketing tadqiqotlari holati
tahlili.
- Marketing tashqi muhiti – makro va mikro muhit omillari
tahlili.
- Iste’mol bozorlari va xaridorlar xulqi — xarid qilish modeli,
sotib olish haqida qaror qabul qilish, xaridorlar xulqiga ta’sir etuvchi
omillar tahlili.
- Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari
bozori tahlili (maktablar, kasalxonalar, bog‘chalar, ta’lim muassasalari
va boshqalar).
-
Raqobatchilarni aniqlash, ularning soni, bozordagi ulushi,
potensial imkoniyatlari, ular strategiyasi, kuchli va kuchsiz tomonlari,
ular bilan o‘zaro ta’sir munosabatlari, iste’molchilarga va raqobat-
chilarga yo‘naltirilgan strategiya tahlili.
Dostları ilə paylaş: