O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Marketing muhiti — korxona (firma, kompaniya) marketing va 
boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki 
atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va 
nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday 
korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridor-


96 
larni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo‘lib 
faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan 
realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va 
yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim 
vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, 
unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi 
qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi 
normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi 
bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya) 
ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, 
kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. 
Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan 
darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar 
bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy, 
ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana shular sirasiga 
kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan 
subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga 
keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari, 
xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va 
uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing muhitini hosil 
qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin