O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


-jadval   Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
4.3-jadval 
 Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari 
Bo‘limlar Faoliyat 
turi 
Bozorni tadqiq qilish 
bo‘limi 
Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning 
rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish. 
«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar 
faoliyatini tahlil qilish. 
Mahsulot 
assortimentini 
rejalashtirish bo‘limi 
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. 
Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro 
bog‘liqlikni o‘rnatish. 
Realizatsiya 
bo‘limi Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot 
assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish. 
Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini 
aniqlash. Sotishni bashoratlash. 
Firma do‘konlari 
Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish. 
Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona 
obro‘- e’tiborini shakllantirish. 
Reklama byurosi 
Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini 
shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish. 
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichma-
bosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing 
xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalar-
ning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. 
Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir.
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi 
korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va 
uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi. 
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiya-
laridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot 


93 
faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa 
sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab 
chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – 
konstrukturlik ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona 
faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi 
uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik 
qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat 
qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchi-
larning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish–
savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. 
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. 
Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil 
etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil 
etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga 
(spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti 
va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul 
qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib 
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisob-
kitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga 
erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash, 
bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, 
bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga 
yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining 
ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga 
qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar: 
− funksiyalar bo‘yicha; 
− mahsulot bo‘yicha; 
− bozorlar bo‘yicha; 
− iste’molchilar guruhi bo‘yicha; 
− hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi. 
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud 
bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish 
strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi, 
tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil 
yondashadi. 
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro 
aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy 
etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining 
o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning 


94 
uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldin-
dan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning 
oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga 
rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot 
bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki 
marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida 
xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq 
zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli 
foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni 
“muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi. 
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini 
samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari 
xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak 
bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi 
harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat 
faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab 
chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari 
kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik 
maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini 
ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlar-
ning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. 
Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan 
to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar 
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin