105
harakatiga bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari
quyidagilardir:
• sotuvchi va xaridorning katta miqdori;
• differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;
• bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.
Sof raqobatda talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.
Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi
firma birinchi bo‘lib narxlarni o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa,
yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!» prinsipi bo‘yicha amalga
oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga
zarar keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor.
Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning
soni kamroq joyda – raqobat kam yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri.
Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning bozordagi
jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi kuzatiladi, shuning uchun
ushbu raqobat bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u
joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: