123
va injenerlik-konstruktorlik bazasi yaxshi bo‘lmog‘i zarur. Ushbu
strategiyadagi marketing yuqori rivojlangan bo‘lishi shart emas.
Defferensiatsiyalash (ixtisoslash) strategiyasi firmaning noyob
xossaga ega mahsulot yaratishini, bu mahsulotlar xaridorlarga yoqishini
va ular pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ushbu strategiya raqobatchi-
larnikiga o‘xshamagan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
Strategiyaning bu turini realizatsiya qiluvchi firmalar ITTKI o‘tkazish
uchun mahsulotni yaxshi dizayni, yuqori sifatini, marketingning
rivojlangan tizimini ta’minlashlari lozim.
Jamlanish strategiyasi diqqatni aniq iste’molchilar qiziqishiga
qaratishni ko‘zda tutadi. Diqqatni bir joyga jamlab mahsulot yaratish
yoki ma’lum guruh odamlarning noodatiy talablarini qondirish bilan
bog‘liq yoki mahsulotga erishish imkonining o‘ziga xos tizimi
yaratiladi. Ushbu turdagi strategiyani qo‘llab, firma bozorning ma’lum
segmentini mahsulotning ma’lum turiga talabini sinchiklab ayniqlaydi,
buning uchun esa jiddiy marketing kuchini taklif etadi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasi umumiy strategiya hisoblanadi
(ba’zisli yoki etalonli). Ular bevosita obyekt sifatida tashkilotning
potensialiga (ishlab chiqarish turlari, faoliyat tarmog‘i, biznesning
yo‘nalishiga) ega. Qulaylik uchun ularning turli-tumanligini uchta asosiy
turga birlashtirish mumkin:
– o‘sish strategiyalari;
– qisqartirish strategiyalari;
– aralash (kombinatsiyalangan) strategiya.
Dostları ilə paylaş: