Глава 8. Практические аспекты модели маркетинга при вхождении на
рынок инноваций…………………………………………………… 120
8.1. Структура модели маркетинга при вхождении на рынок
инноваций ……………………………………………………………. 120
8.2. Оценка инновацонного потенциала и инновационной активности. 123
8.3. Маркетинговые инновации в рамках теории геодонизма…………. 127
8.4. Управление поведением потребителей во внедрении инноваций... 133
Вопросы для контроля и обсуждения................................................. 136
Глава 9. Принятие решений о доставке инновационной продукции
потребителям………………………………………………………... 137
9.1. Методы продвижения инновационной продукции..........................
137
9.2. Каналы продвижения инноваций на рынке потребительских
товаров………………………………………………………………..
145
9.3. Личная коммуникация с потребителями при продвижении
инноваций…………………………………………………………….. 152
9.4. Реклама и анализ его эффективности……………………………….
153
Вопросы для контроля и обсуждения................................................. 156
Тесты………………………………………………………………….. 157
Глосарий …………………………………………………………….. 183
Список использованной литературы.............................................. 187
10
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartirishni, ular faoliyatini bozor
talablariga moslashtirishni talab qilmoqda.
Bozor raqobati sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini
samarali rivojlanishini ta’minlovchi innovatsion faoliyatni boshqarishga alohida
e’tibor qaratishni talab qilmoqda.
Innovatsion faoliyat bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning ilg‘or shakli
bo‘lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlanishi uchun
real imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirishning muhim omili bo‘lgan innovatsiyalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor
qaratilmoqda. Raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan turib, raqobatbardosh
mamlakatni barpo etish, tarmoqni, tovarni yaratish bir muncha mushkuldir.
XXI asrning boshlarida sotuvchi va xaridor (iste’molchi) o‘rtasida uzoq
muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli ustunlikka aylanadi.
2017 yil 7 fevraldagi davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
bo‘yicha, “...iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish”
1
ni ifodalovchi ustuvor yo‘nalishi raqobat muhitini
shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Raqobat kurashi sotuvni
rag‘batlantirish, marketing sohasiga, ya’ni iste’molchi bilan to‘laqonli ishlashga o‘tdi.
Bunda innovatsion marketingdan samarali foydalanish talab etiladi.
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish
va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
11
jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab
chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli
ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Bulardan kelib chiqqan holda dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion marketing
texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi.
Bozor sharoitida innovatsion faoliyatning tubdan farq qiluvchi tomoni, bu
ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlariga emas, balki iste’molchilar ehtiyojlariga
yo‘naltirilganlik hisoblanadi.
Umumiy
holda
ijtimoiy-yo‘naltirilgan
bozorni,
maqsadi
jamiyatning
ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va
iste’molchining o‘zaro munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mahsulotni sotish tizimi
sifatida qarash mumkin.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda yangi
mahsulotlar va
texnologiyalarni ishlab chiqish bitta (yoki bir necha) firmalar miqyosiga
jamlangandir. Innovatsiyalarga yo‘naltirilmagan korxonalarni yangi dinamik muhitga
kirishida, tabiiyki, ma’lum bir mojarolar yuzaga keladi. Ushbu mojarolar yoki doimo
tezkor tarzda real sharoitlarga moslashishni, yoki kelgusi o‘zgarishlarni
prognozlashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos boshqarish mexanizmlarini
shakllantirish va ularga muqobil bo‘lgan harakat usullarini ya’ni, innovatsiyalarni
boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Marketing korxonalarga iste’molchilar ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bilish va
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli “Tovar bozorlarida savdoni
yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojoantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonida ko‘rsatilishicha, “ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash
uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun - biznes”
(V2V) tamoyili bo‘yicha boshqa tovarlarnii etkazib berish tizimi darajasining pastligi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar transaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib
12
kelmoqda ”
2
. YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mahsulot ishlab
chiqaradigan korxonalarda, chakana va ulgurji savdo korxonalarida, xizmat ko‘rsatish
korxonalarida innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish bu
faqat korxonada ishni tashkil etish va uni boshqarish emas, balki tovarlar yoki
xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Yangiliklarni joriy etish iqtisodiy hayotdagi yanada muhim holat bo‘lib
bormoqda. Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda korxonalar texnik o‘zgarishlar bilan
bir qatorda yoki ilgarida bo‘lishlari va yangiliklarni muvaffaqiyatli tadbiq etishlari
zarurdir.
Yangiliklarni joriy etish ularni dastlabki baholanishiga asoslanishi lozim.
Bunday baholashning uslubiy asosini yaratish uchun birinchi navbatda jami
innovatsion jarayonga ta’sir etuvchi va pirovard natijada u yoki bu innovatsiyalarning
samaradorligini belgilab beruvchi omillarning majmuasini aniqlash lozim.
Ushbu darslikda innovatsion marketingning mohiyati va mazmuni bo‘yicha
umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar, innovatsion
marketingning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, shakllari,
turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo‘llari va usullari, innovatsion
marketingni rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari aks ettirilgan.
Darslik “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi
talabalari, magistrlari, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari,
marketing sohasi bo‘yicha keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |