O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Innovatsion rivojlanish muammolari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

1.2. Innovatsion rivojlanish muammolari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» PF-
4947-sonli farmoni, 2018 yil 7 martdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga 
innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-sonli qarori hamda sanoat ishlab chiqarishini 
rivojlantirishda innovatsion faollikni kuchaytirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishni 
integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur darslik muayyan darajada xizmat 
qiladi.  
Mamlakatimizda va xorijda fan va texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari 
tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotni rivojlanishning innovatsion yo‘liga fan-
texnika sohasini ilmiy tadqiqotlardan tortib ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarish 
va u bilan jahon bozoriga chiqishgacha bo‘lgan jabhalarda kompleksli isloh qilish 
shartlaridagina o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bunday isloh qilishning butun jarayonini 
shartli ravishda uchta asosiy elementga ajratish mumkin: 
• mamlakat fani jahonda etakchi o‘rinlardan birini egallashi mumkin bo‘lgan 
sohalarni kengaytirish imkonini beradigan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish; 


18 
• tarmoq innovatsion tizimi, jumladan, bilimlarni samarali tijoratlashtirishni 
ta’minlaydigan innovatsion infratuzilma yaratish; 
• innovatsiyalar asosida sanoatni modernizatsiya qilish.
Bu elementlarning uyg‘unlashgan tarzda rivojlanishini tashkil qilish bo‘yicha 
ishlar raqobatli ustunliknlarni amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni aniqlash va mos 
keluvchi rivojlanish vositalarini tanlashni taqozo etadi. 
Innovatsion siyosat doirasida sanoat korxonalarida samarali institutsional va 
texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, sanoat kompaniyalarining tadqiqotchilik 
yo‘nalishidagi korxona va tashkilotlar bilan integratsiyalashuviga xizmat qilish, 
korporativ fan va ishlanmalarning rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘li bilan 
investitsion risklarni maksimal darajada pasaytirish vazifasi turibdi. 
Innovatsion infratuzilma rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilar 
hisoblanadi: milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga moslik; maksimal 
moslashuvchanlik, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va transparentlik. 
Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli 
innovatsion infratuzilma (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik 
markazlar, texnologiyalar transferi markazlari, venchur fondlari, intellektual mulk 
birjalari, marketing markazlari, ilmiy-texnik rivojlanish markazlari) yaratish zarur. 
Texnik jihozlanishi va kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy-texnik 
mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi 
bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va 
sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi 
zarur. 
Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
quyidagilarga imkon beradi: 
• yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunalar, 
materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning 
o‘sishini ta’minlash; 
• innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari 
umumiy hajmining 20%igacha etkazish, ya’ni Evropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashish; 


19 
• fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish; 
• ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini joriy 
qilish hisobiga innovatsion sohaga qo‘shimcha resurslar jalb qilish; 
• zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-texnologik 
markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va b.), innovatsion faoliyat 
sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish; 
• innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soladigan 
qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish; 
• innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash 
tizimlari yaratish; 
• innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan qo‘llab-quvvatlash va 
innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlari yaratish; 
• korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat 
ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish; 
• yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish; 
• mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik 
darajasini oshirish; 
• ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika mahsulotlarini yanada 
siljitish uchun sharoitlar yaratish; 
• innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya 
ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish. 
Raqobatli ustunliklarga erishishning uch xil usuli mavjud: 
• mahsulotning o‘ziga xos, noyobligi (yangilik bo‘yicha etakchilik); 
• xarajatlar minimal darajasi (narx bo‘yicha etakchilik); 
• iste’molchilar doirasining fikrligi eng yaxshiligi (savdo markasi bo‘yicha 
etakchilik). 
Yangi bozorlar va yangi iste’mol talabi shakllantiradigan, yangiligi, sifati, 
iste’mol xislatlari bo‘yicha ajralib turadigan mahsulot izlab topish va chiqarish 


20 
hayotiy ahamiyatga ega. Buni shu bilan izohlash mumkinki, sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqish va o‘zlashtirish muddati, qoidaga ko‘ra, xalq iste’moli tovarlari bilan 
solishtirganda uzoqroq bo‘ladi (ba’zida – bir necha baravar), tovarlarni bozorga 
chiqarish tajribasi ham katta emas. SHunday qilib, sanoat innovatsiyalari bozorda 
muvaffaqiyatga erishish va investitsiyalarning o‘zini oqlashini bashorat qilish uchun 
kamida 3-5 yillik zaxiraga ega bo‘lish zarur. Bozorga kechikib chiqish, mohiyatan, 
tovarning hayotiylik davrini bozorga kiritish yoki o‘sish bosqichida uzadi va 
innovatsiyani umumiy muvaffaqiyatsizlikka uchratadi. 
Mahsulot noyobligi uning eksklyuzivligi bilan bog‘lanadi, chunki ehtiyojlarni 
chuqurlashtirish va qismlarga ajratish jarayonida aynan u yakka tartibdagi so‘rovlar 
va talablarga aniqroq javob beradi. 
O‘ziga xos, boshqalardan farqli xususiyatlar va tavsifnomalarga ega bo‘lgan 
mahsulotlar izlab topish va baholash bitta muhim cheklovga ega – o‘zining resurslari 
yoki jalb qilinadigan resurslarga nisbatan jiddiylik. Bir qator holatlarda yangilik, o‘zi 
juda istiqbolli bo‘lsada, biroq yakuniy mahsulot sifatida ayrim zavodlar yoki butun 
diskret ishlab chiqarish uchun noprofilli bo‘lishiga qaramay, bir nechta korxona 
tomonidan va hattoki chetdan firmalar bilan kooperatsiyalashib, muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi mumkin. 
Yana bir jiddiy muammo – mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan 
to‘liq yuklanishi, bunda rahbariyat uni raqobatbardosh mahsulot chiqarish bilan 
birgalikda olib borishga harakat qiladi. Bitta korxona doirasida bunday vazifani 
ishlab chiqaruvchilar bozorining to‘yinganligi va ishlab chiqarishdagi umumiy 
pasayish tufayli bajarishning amalda imkoni yo‘q. Agarda innovatsion dasturlar bir 
nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishtirokini ko‘zda tutadigan bo‘lsa, bu boshqa 
gap. Chaparasta buyurtmalar tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining ishsiz bekor turib 
qolish muammosini qisman bo‘lsada, hal etishga imkon beradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin