26
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular
jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas,
balki uning ishlab
chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli
ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o‘rganish,
innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni
amalga oshirishdan tortib
innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad
olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
2.1-rasm. Innovatsiyalarning yangiligini ko‘rib chiqish darajalari
5
Innovatsion marketing ob’ekti
intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy
qismlar, yangi mahsulotlar,
yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni
siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi.
5
Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник.- М.:ИНФРА-М, 2012.стр.66.
Asl yangilik
tovarlar bu – dunyo
uchun
yangi bo’lgan, o’xshash
bo’lmagan va iste’mol
muammosini sifat jihatidan
yangicha hal etishni yoki ilgari
uning uchun hech qanday tovar
bo’lmagan ehtiyojni qondirish
uchun taklif etiladigan tovarlar
Yangi tovarlar bu – mavjud analoglarga nisbatan sifat
jihatidan sezilarli takomillashuvga ega bo’lgan
tovarlar
Bozor uchun yangilik tovarlar bu – ushbu bozor
uchun yangilik hisoblangan tovarlar
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi uchun yangi bo’lgan tovarlar bu – ushbu
firma tomonidan ishlab chiqarilmaydigan, lekin boshqa sotuvchilar tomonidan
taklif etiladigan tovarlar
Yangilik-modifikasiyalar bu – ishlab chiqaruvchi tomonidan mavjud mahsulot
negizidatakomillashtirilgan mahsulotlar
27
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib
kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish
esa yoki mukammallashmagan, yoki
umuman bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar
ishlab
chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: