O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Innovatsiya deganda nimani tushunasiz? 
2.Innovatsiyaga turli olimlar bergan ta’riflari xususida to‘xtalib o‘ting. 
3. Innovatsion marketing deganda nimani tushunasiz? 
4.Innovatsiyalarning asosiy funksiyalariga nimalar kiradi? 
5. Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
orqali nimaga erishish mumkin? 
6. Raqobat ustunligiga erishishning qanday usullari mavjud?
7. Giperraqobat marketingning qanday strategiyalarini ishlab chiqishni talab 
etadi? 
8. Marketing innovatsiyalarining asosiy bosqichlarini ko‘rsatib o‘ting. 
9. Global marketingning asosiy mazmuni nimadan iborat? 
10. O‘zaro munosabatlar marketingi deganda nimani tushunasiz? 


24 
2-BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI 
SUB’EKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 
 
2.1. Innovatsion marketingni o‘ziga xos xususiyatlari 
O‘zbekistonda sanoat salohiyatini oshirish vazifalarini samarali amalga 
oshirishda korxonalarda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish 
muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 
yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta 
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash 
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni 
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»
4
muhim vazifalardan biri sifatida 
belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi O‘zbekistonda sanoati 
korxonalarida 
innovatsion 
marketing 
strategiyalarini 
ishlab 
chiqish 
va 
takomillashtirishni taqozo etadi. 
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar 
va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va 
iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan, 
qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing 
konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar – strategik 
bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor 
tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik 
segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi 
hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka 
erishadi. 
Tanlab olingan bozor sektorlari 
bilan 
faol kommunikatsiyalar 
iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning 
aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning 
boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, 
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 февраль. – Ўзбекистон Республикаси 
қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда. 


25 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan 
bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi. 
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar 
soni o‘smoqda. 
Innovatsion 
faoliyat 
yo‘nalishlari 
eng 
avvalo, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning 
yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari 
bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu 
mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga 
ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Yangi mahsulotlar ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar yangi mahsulot 
muvaffaqiyatining quyidagi omillarini aniqlab berdi (2.1-jadval).

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin