128
An’anaviy marketing modeli o‘zining dolzarbligini yo‘qotdi. Marketing to‘yinib
ketgan bozorlarda zamonaviy sharoitlarda iste’molchi nimalar istashini bilmaydi.
Muammo iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni qondirishga qodir bo‘lgan
muqobil yondashuvlarni va oqibatda taklif bilan to‘yinganlik sharoilarida yangi
marketing usullarini aniqlashdan iborat. Buning uchun
yuzaga kelgan vaziyatda
ehtimoliy marketing usullarini aniqlash, funksional va gedonistik yondashuvlarning
o‘zaro aloqalarini ko‘rsatish, qadriyatlar marketingi
yondashuvidan foydalanish
tufayli muammolarning ehtimoliy echimlarini tahlil qilish zarur.
Bozorga ilgariroq kirib borish natijasida hozirgi paytda ustunlik qilayotgan
marketingning bir qismi hisoblangan marketing innovatsiyalarini ham qayd etib
o‘tish joiz:
•
direkt-marketing;
• guerilla marketing (partizancha marketing);
• makromarketing, megamarketing;
• «yashil» marketing;
• ichki marketing.
Quyida asosiy marketing innovatsiyalariga qisqacha ta’rif va tavsif berib
o‘tiladi.
Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan
sotuvchilar va
xaridorlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha marketing faoliyatidir. Bu marketing makro- va megamarketing bilan bir
qatorda turadi. Ushbu marketing postulati quyidagidan iborat: toki sotuvchi va
xaridor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilmas, rivojlantirilmas va mustahkamlanmas
ekan, bitimni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: