124
Hududlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishini integral
baholash uchun ushbu hududlarda amaliy ITTKI bosqichida bo‘lgan,
sanoatda
qo‘llash va o‘zlashtirish bashorat qilinayotgan ilmiy tadqiqot va ishlanmalar
ma’lumotlarini ekspertiza qilish zarur. Ekspertiza o‘tkazishning asosiy maqsadi –
innovatsion loyihalar ma’lumotlarini innovatsion turdagi iqtisodiyotga o‘tish
salohiyatini shakllantirishga kiritish imkoniyatlarini aniqlashdir.
Ekspertiza texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
ishlab chiqilgan ITTKI va innovatsion loyihalarning
iqtisodiy baholarini
tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ishonchliligini hisob-kitob qilish;
hisoblab chiqilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari: a) sof diskontlangan daromad
(SDD); b) diskontlangan daromadlilik indeksi (DDI); v) o‘zini
qoplash muddati; g)
ichki daromadlilik me’yori (IDM) sifatini baholash. Loyihalar samaradorligi hisob-
kitoblarining ishonchliligini baholash innovatsion loyihalar
vujudga keltiradigan pul
oqimlari hisob-kitoblari va bashorat narxlariga asoslanadi.
Ekspertiza va innovatsiyalarni tanlashning ko‘p variantli tizimi asosida ilmiy va
texnologik salohiyatlarni rivojlantirish hisobiga hududlarni rivojlantirish iqtisodiy
ko‘rsatkichlari va innovatsion portfel ishlab chiqiladi.
Buning uchun amaliy ITTKI
bosqichida bo‘lgan hamda sanoatda qo‘llash va o‘zlashtirish mo‘ljallangan ilmiy
tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyati o‘rganiladi.
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash quyidagi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi (8.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: