129
istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan
iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv –
jamotchilik marketingi va
ekologiya marketingi sanaladi.
Geomarketing. Geomarketing taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy
iste’molchilar talabini tushunish va aniqlashga yo‘naltiriladi. U ko‘cha/kvartal/sektor
tipologiyasini aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va
geografik tahlil qilishga
asoslanadi. Marketing nazariyasini geomatikadan ajratishga intiladiganlar bu
marketingni makon marketingi deb ataydilar. Geomatika –
geografik va kartografik
tarkibiy qismlar bilan raqamli ma’lumotlarni taqdim etish va tahlil qilishga
bag‘ishlangan texnikalar to‘plamini birlashtiradigan fandir. Mikromarketing –
geomarketingdan kengroq tushuncha bo‘lib, reaksiya darajasi yuqori bo‘lgan
iste’molchilar mikrosegmentlarni aniqlash va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
bozorlarni juda nozik segmentlashga asoslanadi.
Munosabatlar marketingi. Munosabatlar marketingidan maqsad –
korxona va
mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni
o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdir. Tahlil mijozning (korxona, xaridor,
iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta’minotchilar
o‘rtasida uzoq munosabatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Keyingi
maqsad
ushbu mijoz uchun tovarlar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlashdan iborat (aksincha emas).
Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar
marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirish va
aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni personifikatsiya
qilish uchun
axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlari foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: