O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Individual kanallar. Individual kanallar sanoat yo‘nalishidagi tovarlarga yoki 
premium guruhidagi xalq iste’moli tovarlariga, va, natijada, kolichestvennuyu kategoriyu 
"birlikning" miqdoriy toifasiga xizmat qiladi.
Individual kanal orqali manzilli, nomi ko‘rsatilgan axborot beriladi – bunda 
adresatning kimligi va uni qaerdan topish mumkinligi aniq bo‘ladi. Barcha tijorat 
takliflari, telefon qo‘ng‘iroqlari va shaxsiy tashriflar individual kanallar toifasiga 
mansubdir.
Kanalni tanlashda yana bir cheklov reklama kampaniyasining byudjeti hisoblanadi. 


145 
Agar qolgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha kanal sizga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, yakuniy tanlov 
oxirgi, hal qiluvchi mezonni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
 
9.2.Iste’mol tovarlari bozorida innovatsiyalarni siljitish kanallari 
 
Kommunikatsion jarayon oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun signalni 
kodlashning eng yaxshi usulini tanlash va optimal kommunikatsiya kanallaridan 
foydalanish kerak. Amaliyotda kodlash usuli deyarli har doim kommunikatsiya kanali 
belgilab beradigan imkoniyatlar va cheklovlarga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli 
iste’molchilar bilan kommunikatsiyalar eng qulay shakllarini, innovatsion 
mahsulotlarni siljitish integratsiyalashgan tizimi doirasida ulardan foydalanish 
proporsiyalari va uyg‘unliklarini tanlash amaliy vazifasi mohiyatan qaysidir ma’noda 
butun kommunikatsiya kompaniyasi samaradorligi va muvaffaqiyatini belgilab 
beradigan strategik vazifaga aylanadi. 
Hozirgi paytda bizning shaharlarda deyarli barcha joylarda kommunikatsiya 
kanallarining barcha asosiy turlari tarqalgan. Albatta, yirik shaharlarda bu kanallar 
ayniqsa rangba-rang bo‘lib, xaridorlar bilan sifatli va unumdi kommunikatsiyalar 
jarayoni tashkil qilish borasida sotuvchilar oldida keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Biroq hattoki aholi soni kam bo‘lgan kichik shaharlarda ham bugungi kunda 
innovatsion 
mahsulotlarni siljitish amaliyotida rivojlangan 
va zamonaviy 
kommunikatsiya shakllaridan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud, 
an’anaviy kanallardan birontasi yaxshi ifodalanmagan joylarda esa ularni 
rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud. 
Eng ommaviy va an’anaviy foydalaniladigan kommunikatsiya kanallari 
quyidagilardir: 
bosma nashrlar (asosan gazeta va jurnallar) 
xabar berishga oid kanallar (asosan radio va televidenie) 
ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama) 
ko‘rgazma va yarmarkalar 
internet 


146 
kundalik yoki bir martalik foydalaniladigan ayrim predmetlar (avtoruchka, 
yondirgich, o‘rov paketlari va h.k.) 
foydalanuvchilar uchun tavsiya va yo‘riqnomalar (mahsulot bilan birga 
beriladigan yoki internet orqali yuklab olinadigan) 
iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot va ishbilarmonlik yozishmalari 
Yuqorida keltirilgan ro‘yxat so‘zning asl ma’nosidagi tasnif hisoblanmaydi, 
chunki u yaqqol ifodalangan tasniflash belgilariga ega emas. Lekin shunga qaramay, 
unda iste’molchilarni innovatsion mahsulot haqida xabardor qilishning barcha asosiy 
usullari yodga olib o‘tilgan. Bu kanallarning har biri ularni tanlashda hisobga olish 
lozim bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar va cheklovlar bilan ajralib turadi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin