O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Bosma nashrlar. Bosma nashrlarga birinchi o‘rinda gazeta va jurnal kabi 
davriy matbuotlar, shuningdek, varaqalar, reklama bukletlari va ko‘pchilik odamlar 
orasida tarqatish uchun mo‘ljallangan boshqa bosma mahsulotlar kiradi. 
Bosma nashrlardagi axborot aksariyat hollarda tipografiya usulida qog‘ozda 
bosib chiqarilgan moddiy vositalarda bo‘ladi. ayrim nashrlar bilan birgalikda 
tarqatiladigan mahsulotlarning reklama namunalari, misol uchun, ovozli, hidli yoki 
esa bo‘ladigan sahifalar va ilovalar, shuningdek, noodatiy va ekzotik nashrlarning 
o‘ziga xos holatlari bundan mustasno. 
Innovatsion mahsulot haqida axborot uzatishning bunday usuli bir qator 
ustunliklarga ega bo‘lishiga qaramay, ayrim cheklovlarni ham yuzaga keltiradi. 
Kommunikatsiyalar sifati nuqtai nazaridan axborot uzatishning bosma usuliga xos 
bo‘lgan asosiy ustunliklardan biri o‘quvchining (yoki rasmlarni tomosha qilayotgan 
shaxsning) axborot olish tezligi, shuningdek, o‘qib chiqilgan satrlarga (ko‘rib 
chiqilgan rasmlarga) qaytishni, materialni o‘zlashtirish yoki estetik rohat olishni o‘zi 
belgilash imkoniyati hisoblanadi. Bosma nashrlarda tipografiya usulida gazeta va 
jurnallar sahifalarida bajarilgan guvohnomalar va kuponlar tarqatish imkoniyati ham 
yana bir ustunlik hisoblanadi. Axborot vositasining moddiyligi va arzonligiga 
asoslangan bu ustunlik sotuvni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarda juda ko‘p 
qo‘llaniladi.


147 
Axborot uzatishning bosma usuli bilan asoslanadigan kamchilik yoki cheklov 
sifatida ifodalash vositalarining tor doirasini ko‘rsatish mumkin bo‘lib, bu mohiyatan 
bosma nashrlarning oq va rangli qog‘ozlarida ularning sifati nashr etuvchining 
poligrafik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan matn va tasvirlarni ifodalashga borib 
taqaladi. 
Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie). Xabar berishga oid kanallar 
dinamik, vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan axborot uzatish xususiyati bilan ajralib turadi. 
Bu qatorga birinchi o‘rinda radio va televidenie, jumladan, sun’iy yo‘ldoshli 
teleko‘rsatuvlar va o‘ziga xos bo‘lgan kabelli radio kiradi. 
Televidenie kommunikatsiyalar jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan 
ifodalash vositalari eng keng majmui bilan ajralib turadi. Barchaga ma’lumki, 
axborotning katta qismini inson ongi ko‘rish orqali qabul qiladi va televidenie, 
o‘zining harakatlanayotgan rangli tasvirlarni ovoz (shuningdek, seterofonli yoki besh 
kanalli hajmli ovoz va telematn) jo‘rligida uzatish imkoniyatlari bilan birgalikda vaqt 
birligida tomoshabinga eng ko‘p hajmda ma’lumot etkazishga qodir bo‘lgan eng tez 
axborot uzatish kanali hisoblanadi. 
Biroq barcha ustunliklar bilan birgalikda televidenie va xabar berishga oid 
boshqa kanallar ayrim jiddiy kamchiliklarga yoki to‘g‘riroq aytadigan bo‘lsak, 
cheklovlarga ham ega bo‘lib, ularni iste’molchilar bilan kommunikatsiya kanallarini 
tanlashda hisobga olish zarur. Xabar berishga oid kanallarga xos bo‘lgan xususiyat bu 
– uzatiladigan axborotning yozib olish imkoniyati bilan biroz yumshatilgan bo‘lsada, 
lekin to‘liq bartaraf qilinmaydigan lahzalik xarakterga egaligidir. Bu real vaqt 
rejimida signal faqat belgilangan vaqtda qabul qilinishi va agarda tomoshabin yoki 
tinglovchini shu paytda teleko‘rsatuv yoki eshittirishdan nimadir, masalan, uy 
tashvishlari chalg‘itgan bo‘lsa, axborotning bir qismi uzil-kesil yo‘qotilishi 
mumkinligini anglatadi. Namoyish etiladigan va eshittiriladigan dasturlarning 
lahzalik xarakteri xabar berishga oid kommunikatsiya kanallarini bosma nashrlarga 
nisbatan ishonchlilik darajasi pastroq qilib qo‘yadi, vaholanki amaliyotda bu 
teleko‘rsatuvlarning misli ko‘rilmagan darajada ifodalash qobiliyati va 


148 
translyasiyalarning muhim joylarini ko‘p martalab takrorlash imkoniyati bilan 
qoplanadi. 
Xabar berishga oid kanallarini texnik xususiyatlardan tashqari odatda ushbu 
ayditoriyalarning bir qator psixologik va ijtimoiy xususiyatlari ham ajratib 
ko‘rsatiladiki, ular faqat xabar berishga oid kanallarga xos bo‘lgan maxsus usullardan 
foydalanishni talab qiladi. 
Televidenie uchun ular uchun boshqa ko‘rsatuvlar to‘xtatib turiladigan yoki 
ko‘rsatuvlar orasidagi pauzalar to‘ldiriladigan reklama bloklari vaqtida ketma-ket 
keltiriladigan, 10 dan 30 sekundgacha davom etadigan reklama roliklari xarakterli. 
E’tiborliligi shundaki, tomoshabinlar qoidaga ko‘ra bunday qisqa vaqt davomida 
reklama roligida berilayotgan axborot mohiyatini to‘liq anglab ololmaydi. 
Iste’molchilar uni eslab qolishi va ushbu xabarga reaksiya bildira boshlashi uchun 
reklama roligini bir necha marta takrorlash talab etiladi. Qoidaga ko‘ra, televizion 
reklamani tanib olish, eslab qolish va unga reaksiya paydo bo‘lishi uchun 
iste’molchilarda bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt ketadi va bu vaqt 
davomida reklama roligi tez-tez namoyish etib turilishi talab qilinadi. Bu holat 
reklama kompaniyasining kumulyativ samarasi nomini olgan. Xabar berishga oid 
kanallarning bu xususiyati reklama roligining bir marta namoyish etilishi maqsadga 
muvofiq emas qilib qo‘yadi va reklama roliklari ko‘p marta va tez-tez takrorlanishi 
tufayli televizion reklama kampaniyalari davomida ulkan xarajatlarga olib keladi. 
Kumulyativ samaraning teskari tomoni ma’lum vaqt o‘tgach reklama roliklari 
berish tez-tezligini pasaytirish yoki ularni umuman to‘xtatib qo‘yish imkoniyati 
hisoblanadi. Teletomoshabinlar va radiotinglovchilar bu holatda birdaniga emas, 
balki biroz vaqt o‘tgach reaksiya bildiradi, bu esa ushbu samaradan to‘g‘ri 
foydalanishda reklama kampaniyasi davomida mablag‘larni tejab qolishga imkon 
beradi. 
Radio 
orqali 
reklama 
ham 
o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. 
Radioeshittirishlarni qabul qilishning asosiy psixologik xususiyati shundaki (umuman 
olganda, bu oxirgi paytlarda doimiy ravishda yoqilgan turadigan televizorlarga ham 
taalluqli) radioeshittirishlarning ayni paytda tinglovchi band bo‘lgan boshqa faoliyat 


149 
uchun qandaydir bir fon ekanligi tufayli e’tiborning pasayishi hisoblanadi. 
Radiotinglovchi o‘z ishi bilan to‘laligicha mashg‘ul bo‘lgan paytlarda umuman 
radioga e’tibor bermay qo‘yadi, psixologik jihatdan undan uzoqlashadi va bor 
e’tiborini o‘z ishiga qaratadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin