154
haqida bilishi lozim. «Ishlab chiqaruvchi – iste’molchi» aloqa kanalini esa
reklama
ta’minlaydi.
Reklama uni yaratishda inson psixikasining xususiyatlari hisobga olingan
holdagina maqsadga erishadi. Reklamani qabul qilishning umum e’tirof
etilgan
modeli sanalgan AIDMAmodel «e’tibor - qiziqish - istak - motiv - harakat» zanjirini
nazarda tutadi.
Reklamaning ta’siri undagi reklama qilinayotgan mahsulot bahosiga ham, uning
foydasiga xizmat qiladigan dalillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar iste’molchi bunday
baholar va dalillarni topmasa, reklama ta’siri ham susayadi.
Dalillarni reklama
qilinayotgan mahsulotning mahsulotini va ajralib turadigan xislatlarini mantiqiy
ochib beradigan ob’ektiv dalillarga hamda ma’lum bir hissiyotlar va tasvvurlar
uyg‘otadigan dalillarga ajratish mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, reklama
quyidagi hollarda samarali bo‘ladi:
mahsulot standartlashtirilgan;
ko‘plab yakuniy iste’molchilar mavjud;
qo‘shimcha xizmat ko‘rsatilishi muhim;
ishlab chiqaruvchi sotuvining katta qismini yangi mahsulotlar tashkil qiladi.
Umuman olganda reklama faoliyatida harakatlarning uchta asosiy guruhi
mavjud:
axborot berish (mahsulot mavjudligi va sifatlari qanady ekanligi haqida
xabardor qilish);
ishontirish (ijobiy hissiyotlar uyg‘otish, tovarni
tan olish pozitsiyasiini
shakllantirish);
moyillikni
qo‘llab-quvvatlash
(mavjud
iste’molchilarni
kelusidagi
sotuvlarning asosiy manbasi sifatida mustahkamlash).
Sanoat iste’moli yo‘nalishidagi innovatsion mahsulotlarni reklama qilish o‘z
xususiyatlariga ega. U ko‘p jihatdan shaxsiy muloqotlarda amalga oshirilib, ko‘p
axborot talab etadi. Bu kampaniyalar uzoq vaqt davom etadi, reklama kampaniyalari
byudjeti nisbatan kamroq (sotuv birligiga hisob-kitob qilganda). Kampaniya, qoidaga
ko‘ra, har bir xaridor tashkilotda xarid uchun javob beradigan tor doiradagi
155
shaxslarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, reklama ko‘pincha yangi mahsulotni
sotuvga keng taklif
etishdan oldin keladi. Shuningdek, yangi mahsulot reklamasi iste’molchilarni u bilan
dastlabki tanishtirishning o‘rnini olmasligi lozim. Aks holda reklama axborotga
keragidan ortiq to‘yingan va shu sababli samarasiz bo‘ladi.
Hozirgi paytda ko‘rgazma o‘tkazishning yangi shakli – ko‘rgazma-savdolar
foydalanilmoqda. Bu erda tovarni magazinda,
savdo markazida, ko‘chada yangi
tovarni sinab ko‘rish uchun taqdim etgan holda namoyish qilish amalga oshirilmoqa.
Tovar uni tabiiy qo‘llash shaklida namoyish etiladi.
Internet tarmog‘idan foydalanishning keng tarqalishi ko‘rgazmalarning boshqa
bir noan’anaviy shakli – internet orqali ko‘rgazmalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu
ko‘rgazmalar virtual reallik va multimedia vositalarni qo‘llagan
holda ishlab
chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: