O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsiyalarni siljitishda iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
9.3.Innovatsiyalarni siljitishda iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot
 
Shaxsiy muloqotlar – innovatsiyalarni siljitishning ajoyib, tabiiy kanalidir. 
Uning ustunliklari bevosita axborot jo‘natuvchi va oluvchining muloqot qilishi, tez va 
ishonchli qaytuvchan aloqa mavjudligi, mazmunli axborotning ikki tomonlama 
harakatlanishi, xabarlarni kodlashning ko‘plab tabiiy va ishonchli verbal va noverbal 
usullari foydalanilishidan iborat. 
Potensial iste’molchini sotuvda mavjud bo‘lgan yangi mahsulot haqida xabardor 
qilib, uni xarid qilishni taklif etar ekan, sotuvchi innovatsion tovarni siljitishni 
osonroq boshqara oladi, chunki u javob tariqasidagi reaksiyani his etadi. Manfaatdor 
xaridor ham, o‘z navbatida, qayta savol bergan va eng ushunarli bayon qilish 
shakllarini tanlagan holda kommunikatsion jarayonga ta’sir ko‘rsata oladi va shu 
tariqa ehtimoliy axborot shovqini darajasini pasaytiradi, yoki kerakli paytda ma’noli 
savollar berib, suhbatdoshni o‘z vazifasining uddasidan chiqishga yordam beradi. 
Kommunikatsiyalar jarayonida xaridor va sotuvchining bevosita shaxsan ishtirok 
etishi innovatsion tovarlarni eng samarali tarzda siljitishni amalga oshirish uchun 
imkoniyat yaratadi. 
Shaxsiy siljitishlar real vaqt rejimida va ikkala ishtirokchi tomonlarning o‘zaro 
aloqalari bilan ro‘y berishi, ularning har bir o‘z manfaatlarini himoya qilishi sababli 
qatnashchilardan nutq, imo-ishoralar, gavda turishi, harakat va boshqa noverbal 
belgilardan, shuningdek, dalillar, qarshi dalillar topish va murosaga kelishish uchun 


153 
aql-zakovatdan foydalanish talab etiladi. O‘zining individual xususiyatlarini bilgan 
holda ko‘pchilik jonli suhbatdan ko‘ra o‘zaro xat yozishuvlarni afzal ko‘radi.
Ishbilarmonlik yozishmalari shaxsiy muloqotlardan shakli bo‘yicha farq qiladi – 
xabarlar axborot ashuvchi vositaga yoziladi, javob tariqasidagi reaksiya darrov emas, 
balki ma’lum vaqt o‘tgach bildiriladi. Bu bir tomondan, yaxshiroq dalillar izlab 
topish uchun o‘ylanishga vaqt beradi, biroq boshqa tomondan – shaklga nisbatan 
qattiqroq talablar qo‘yadi. Bunday tashqari, ayrim kishilar o‘z individual 
xususiyatlaridan kelib chiqib, imkon qadar yozishmalardan uzoqlashishga harakat 
qiladi. 
Texnika taraqqiyoti doimiy ravishda muloqot va yozishmalar vositalarini 
takomillashtirib boradi (va bu yutuqlar tufayli doimiy ravishda tezlashib boradi). 
Ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda ko‘rish mumkin bo‘lgan, hozircha ekzotik sanalgan 
kommunikatsiyalar texnik imkoniyatlarini chetda qoldirib turadigan bo‘lsak, 
zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuqori 
sifatli ichki va global telefon aloqasidan, tarmoq k’ texnikasidan, internet va elektron 
pochtadan, yuqori sifatli bosma qurilmalardan, audio- va videotexnikadan, 
shuningdek, pochta va kurerlik xizmatlaridan foydalanishga borib taqaladi. Bu 
innovatsion mahsulotlarni siljitish va kommunikatsiya muammolarining katta qismini 
bartaraf 
qilish, 
shuningdek, 
doimiy 
ravishda 
ochilib 
kelayotgan 
yangi 
kommunikatsion imkoniyatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq yangi, asosan psixologik 
innovatsiyalar yaratish uchun etarlidir.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin