O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama)



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama). 
Ko‘chadagi reklama va tranzit reklama – shaklan xilma-xillik va rangba-ranglik 
darajasi eng yuqori reklama bo‘lib, devordagi oddiy yozuvdan yirik shaharlarda 
yorug‘lik reklamasi yorqin ranglari va ko‘kda parvoz qilayotgan aeroplan tortib 
yuradigan transparantlargacha bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ularning 
barchasini shu narsa birlashtiradiki, barcha kommunikatsiya shakllari ko‘chalar va 
avtomagistrallar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilar va haydovchilar uchun 
mo‘ljallanadi. 
Ko‘cha reklamasi va tranzit reklamaning ifodalash vositalari qatoriga 
murojaatlar shakli va rangi, yorug‘lik bezagi, o‘lchamlar, shuningdek, eng oddiy 
harakat shakllari, masalan, transportdagi reklama, yorug‘lik tablosidagi yuguruvchi 
satrlar yoki prizmatron turidagi qurilmalar kiradi. 
Ko‘cha reklamasi yoki tashqi reklama shaharlar va avtomagistrallarning 
belgilangan nuqtalarida, odatda mahalliy ma’muriyat bilan kelishuvlarga muvofiq 
joylashtiriladi. Tranzit reklamasi ko‘cha erklamasidan shu bilan farq qiladiki, u 
shaharlar va avtostradalar bo‘yicha ko‘chib yurmasdan, yo‘lovchi va haydovchilar 
oldida harakatlanadi.
Ko‘rgazma va yarmarkalar. Ko‘rgazma va yarmarkalar ilmiy hajmdor 
innovatsion mahsulotlarni siljitishda juda sezilarli rol o‘ynaydi. Innovatsion 
firmaning ko‘rgazma-yarmarka kabi tadbirda 
ishtirok etish 
maqsadi va 
texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.  
Ko‘rgazma bu – uning nomi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy maqsadi 
ommani insoniyatda o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mavjud bo‘lgan vositalarni 
namoyish etish yo‘li bilan, shuningdek, faoliyatning bitta yoki bir nechta sohalarida 
taraqqiyot maqsadlarida va kelgusi istiqbollardan xabardor qilishdan iborat bo‘lgan 
namoyishdir. 


150 
Yarmarka bu – namunalarning xalqaro iqtisodiy ko‘rgazmasi bo‘lib, u 
nomlanishidan qat’i nazar o‘tkazilayotgan mamlakat urf-odatlariga muvofiq keng 
iste’mol tovarlari va/yoki asbob-uskunalar yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning 
o‘zida chegaralangan vaqt davomida belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tadi va unda 
eksponentlarga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o‘z 
mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda olib chiqqan holda 
savdo qilishga ruxsat etiladi. 
Ko‘rgazma va yarmarkalarning asosiy ustunliklaridan biri shuki, ularda qoidaga 
ko‘ra turli mamlakatlardan turli ishlab chiqaruvchilarning juda ko‘p sonli tovar 
namunalari mujassam topadi. Bu esa xaridorga qisqa vaqt ichida bozorda mavjud 
bo‘lgan takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan zarur maslahatlar olish, narx 
va sifat tavsifnomalarini kerakli tarzda taqqoslash, muzokaralar o‘tkazish, tijorat 
tshartlarini kelishib olish va nihoyat, shartnoma imzolash imkonini beradi. Bunad 
xaridor yangi mahsulot bilan ishchi ko‘rinishda tanishish, u bilan ishlash usullarini, 
qo‘llanish sohasi va samaradorligini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu mashina 
va asbob-uskunalar xarid qilishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ko‘rgazmada ishtirok etish eksponentlarga o‘z korxonasining ham 
kommunikatsion, ham narx shakllantirish, ham sotuv, ham tovar siyosatini bir 
vaqtning o‘zida amalga oshirish imkonini beradi. Marketing vositalaridan boshqa 
birontasi korxona va uning mahsulotlarini butun boricha to‘liq namoyish etish va shu 
bilan bir paytda mijozlar bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatish imkoniyatini taqdim eta 
olmaydi.
Innovatsion mahsulotlarni siljitish bo‘yicha bu ko‘rgazmalarda tuziladigan 
asosiy tijorat bitimlari quyidagilardir: 
• shartnomalarning asosiy turi bu – tovarni kelgusida etkazib bergan holda 
namoyish etilayotgan namunalar (shuningdek, modellar, chizmalar va kataloglar) 
bo‘yicha bitimlar; 
• bitimlarning boshqa turi bu – eksponatlarning o‘zini: mashina va asbob-
uskunalarni, uzoq muddat foydalaniladigan predmetlar va keng iste’mol tovarlarining 


151 
ayrim turlarini sotishdir. Bunday bitimlar tuzishda xaridor xarid qilingan tovarni mos 
keluvchi ko‘rgazma yoki yarmarka yopilganidan so‘ng olib ketishi kelishib bolinadi. 
Eksponentlarning aksariyati ko‘rgazmada ishtirok etishni marketing siyosatining 
ajralmas bir tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Marketing vositasi sifatida ko‘rgazmalar 
korxona uchun marketing tadbirlari xarajatlarini optimallashtirishni anglatadi, chunki 
ko‘p funksionalli ahamiyatga ega bo‘ladi. Ko‘rgazmalar, shuningdek, marketing 
strategiyasini shakllantirish uchun ko‘plab zaruriy boshlang‘ich nuqtalar berishi 
mumkin. Bu ko‘rgazmalarning ayrim funksiyalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 
yanada aniqroq ma’lum bo‘ladi:
ko‘rgazmalar maqsadli bozorlarning o‘ziga xos ko‘zgusi hisoblanadi; 
ko‘rgazmalar yorqin, hayajonli hodisa hisoblanadi hamda potensial xaridorlar 
va hamkorlarni o‘ziga jalb qiladi; 
ko‘rgazmalar bozor haqida axborot to‘plagna imkon beradi; 
ko‘rgazmalar yangi bozorlarni yanada ochiqroq qiladi; 
ko‘rgazmalar narx va erishiladigan natijani to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslashga 
imkon beradi; 
ko‘rgazmalar intensiv axborot almashinishga xizmat qiladi. 
Umuman olganda, ko‘rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish haqidagi qaror 
ularni o‘tkazish joyi, ehtimoliy auditoriya tarkibi, ko‘rgazmaning tarmoqdagi nufuzi, 
tashkilotchilarning kerakli sharoitlarni ta’minlash qobiliyati, ko‘rgazma maydonlari 
qiymati, kutilayotgan qatnashchilar va ularning soni kabi mezonlar asosida qabul 
qilinadi. 
Ushbu ko‘rgazmada o‘tgan yillar tajribasi (tuzilgan bitimlar soni), 
tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar (simpoziumlar va h.k.) va ularning 
natijalari bo‘yicha ishbilarmonlik faolligi xarakteri hisobga olinadi. 
Firmaning ko‘rgazmada ishtirok etishi reklamasi ham u qatorga kiradigan 
qo‘shimcha tadbirlar xarajatlari istalgan holda ham rejalashtirilgan bo‘lishi lozim. 
Ko‘rgazma tashkilotchilari reklamasi tashrif buyuruvchilarni faqat ko‘rgazma 
hududiga olib keladi, eksponent reklamaci esa ularni yanada uzoqroq, korxona stendi 
tomon etaklaydi.


152 
Eksponatlar namoyishi vizual axborot olishga imkon beradi, biroq ushbu 
tovarlar ustunliklarini amaliy o‘zlashtirish vizual qabul qilingan axborotdan ustunlik 
qilishi va bevosita muloqotga olib kelishi lozi. 
Ko‘rgazmalar boshqa hech qaysi axborot vositalarida ko‘rilmagan darajada 
maqsadli guruhlar ichida bevosita reaksiyaga olib keladi va bozorni tahlil qilish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar beradi. Ko‘rgazma hodisa sifatida belgilangan zamon 
va makon bilan bog‘liq ekanligi sababli undagi muvaffaqiyat ham aniq o‘lchanishi va 
baholanishi mumkin. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin