143
Birinchi zoolog hayron bo‘lib ikkinchi zoologdan qanday qilib buning uddasidan
chiqqanligini so‘radi. Ikkinchi zoolog: "Men shuni bilamanki, BARCHA yo‘lbarslar
HAR KUNI aynan SHU ERDA suv ichadi, men ularni mana shu erda sanab chiqdim"
deb javob berdi va ularning suv ichadigan joyini ko‘rsatdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: ularning yuradigan yo‘llarni topib, bu
yo‘lda o‘zining axboroti bilan bo‘lish mumkin bo‘lgan bir paytda potensial mijozlarni
butun shahar bo‘ylab izlash shartmikan?
Bugungi kunda tug‘ruqxonadan chiqayotgan yosh onalarning ko‘pchiligi
reklama bukletlari
va bepul taglik namunalari, bolalar ozuqasi va go‘daklar uchun
kosmetika mahsulotlari to‘plamini sovg‘a tariqasida olmoqda. Bolalar kosmetikasi
markalari bilan tanishuv ko‘pincha aynan shunday boshlanmoqda.
Bunday
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firmalar asosan tovarlarni siljitishning shu usulidan
foydalanadi. Albatta, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklamasiz ish bajarmaydi,
biroq eng
katta samarani keng miqyosli televizion reklama emas, balki pediatrlar orqali (fikrlar
etakchilari orqali shaxsiy kanal), tug‘ruqxonalar orqali va yosh onalar uchun
ixtisoslashgan nashrlar orqali siljitishyordam bermoqda.
Ikkita aniqlik kiritib o‘tamiz:
"Suvloqlar" doimiy (bizdan doimo mustaqil) va maxsus tashkil qilingan (tematik
ko‘rgazmalar, bayram va shoular,
taqdimotlar, tematik ma’ruzalar va h.k.) bo‘lishi
mumkin.
Oyoq bilan yurish, ko‘z (ko‘rish) va quloq (tinglash) bilan «yurish» mumkin.
Shunday ekan, mahalliy kanallar ("suvloqlar") tabiiy (u erga boriladi) va axborot
(tinglanadi va ko‘riladi) turlarda bo‘lishi mumkin. ularni alohida ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: