141
Shaxsiy kanallar. SHaxsiy kanallar qimmat bo‘lmagan va ko‘pchilik
uchun
ochiq bo‘lgan, biroq ixtisoslashgan – hamma uchun ham kerak bo‘lmagan va
oqibatda guruhga ishlaydigan tovarlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu axborotni «og‘izdan
og‘izga» uzatishdir – bunday usulda etkazishda axborot uzatuvchining shaxsiy
baholari tufayli emotsional tusga ega bo‘ladi.
Shaxsiy kanallarni rejalashtirishda ikkita savolga javob berish kerak: "Qaysi
"qavat"ga ishlash kerak?" va "Ishga tushirish mexanizmi qanday bo‘ladi?". Ikkita
"qavat"ga ishlash mumkin — bevosita guruhning o‘ziga va fikrlar etakchisiga.
Misol: mustamlakalardan birida maymunlarni kofetga o‘rgatishga
harakat qilib
ko‘rildi. "Maymunlar ierarxiyasi"da quyi pog‘onada turuvchi yosh organizmlardan
foydalanila boshlandi. Konfetlarga qiziqish juda sekin tarqaldi: bir yarim yildan keyin
jonvorlarning 51%i konfeta iste’mol qilardi, bunda ularning orasida bironta
yo‘lboshchi bo‘lmadi – «pastdan inqilob» ro‘y berdi.
Boshqa bir mustamlakada
maymunlarni bug‘doyga o‘rgatishga harakat qilib ko‘rildi, biroq bu safar
yo‘lboshchidan boshlandi. Bu paytgacha bug‘doyni oziqlanish uchun iste’mol qilish
umuman ma’lum bo‘lmagan maymunlar orasida bu atigi to‘rt soat ichida tarqaldi –
«yuqoridan inqilob» ro‘y berdi.
Ma’lumki, maymunlar orasida etakchining nufuzi kuch mezonlari bilan
belgilanadi. Odamlar uchun esa nufuz mezonlari u qadar aniq bo‘lmasligi mumkin,
eng muhim mezonlardan biri nufuzning «tashqi belgisi» - maqom,
unvon va
shaxsning qimmatini uning ijtimoiy roli orqali belgilaydigan boshqalar hisoblanadi.
Haqiqatan ham, bizning oldimizda "professor", "direktor", "marshal", "vazir"
yoki "xalq deputati" turibdi deb aytilishi bilan ma’lum bir idrok ko‘rsatmalari, ilgari
shakllangan baholar va taxminlar, umidlar ishga tushadi.
Maqom sohibining fikri u
yashirin holatda bo‘lganidan ko‘ra umuman boshqacha ta’sir kuchiga ham ega
bo‘ladi.
Shunday qilib, fikrlar etakchisi deganda muayyan innovatsion tovar bilan
bog‘liq masalalarda guruh ishonadigan shaxslarni: mebel,
pardozlash materiallari,
gilam to‘shamalari xarid qilish va interer yaratish masalalarida — interer dizaynerini,
142
kosmetika tanlash masalalarida — vizajistni, oziq-ovqat qo‘shimchalaridan
foydalanish masalalarida — vrachni va h.k.ni tushunamiz.
Shaxsiy sotuvlarni rejalashtirishda javob berish lozim bo‘lgan ikkinchi savol bu
ularni ishga tushirish mexanizmidir. Xususan, guruhga ishlagan holda:
• sizning oldingizga keladigan odam uchun foydani ta’minlash (yuqorida
keltirilgan misolda navbatsiz xizmat ko‘rsatish);
• siz haqingizda axborot tarqatadigan shaxsni «qayta sovg‘a qilish» uchun
reklama vositasi bilan ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: