O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Taassurotlar marketingi. Taassurotlar marketingi uchun iste’molchi tovar va 
xizmatlarni ularning funksional atributlaridan ko‘ra ko‘proq ularni iste’mol qilish, 
foydalanishda olinadigan emotsional samarasi uchun xarid qiladi. Boshdan 
kechirilgan har bir kechinma, u jamoaviy yoki ikka tartibdagi bo‘lishidan qat’i nazar, 
alohida bir kishi uchun o‘z shaxsini, o‘ziga xsoligini mustahkamlash usulidir. 
Shunday qilib, oqilona sabablarning roli sezilarli pasayib, birinchi o‘ringa 
irratsional, emotsional sabablar chiqib oldi. Iste’molchi nnafaqat o‘zining 


130 
qoniqtirilmagan ehtiyojlarini, balki irratsional xarid sabablarini ham ifodalashga 
qodir bo‘lmay qoldi. 
Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz. 
Partizancha marketing bu – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va 
reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan 
marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‘p pul sarflash o‘rniga 
tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy 
fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi. 
Partizancha marketing nostandartlik, noan’anaviylik, hammaga ma’lum haqiqat 
oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni, imkorniyatlar 
cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing bu – kuchli 
raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va diversiyalardan 
foydalanishdir. 
Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli pul 
kiritmagan holda o‘z tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi mijozlar 
jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli reklama va 
marketing usullariga aytiladi. SHu sababli partizancha marketing «kam byudjetli 
marketing» yoki «kam xarajatli marketing» deb ham ataladi. 
Virusli marketing bu – shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning 
reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish 
g‘oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‘za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu 
kishining u haqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, 
unga yoqadigan reklamadir. 
Virusli marketing bu – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun 
mavjud ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing texnikasi. 
Virusli marketing bu – e-mail-marketing uchun xos bo‘lgan uslubiy tamoyillar 
bo‘lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga etkazishini 
rag‘batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial o‘sishi uchun 


131 
salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar 
sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi. 
Virusli marketing – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun 
odamlarning o‘zidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu «og‘izdan og‘izga» 
marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish, mish-
mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi, tavsiyalar 
bo‘yicha marketing yoki «uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin. 
Hozirgi paytda virusli marketingning eng tarqalgan vositasi Internet hisoblanadi. 
Tarmoq marketingi bu – kompaniyaning mustaqil vakillari yoki distribyutorlar 
tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatish bilan 
bog‘liq biznes. Tarmoq marketingining asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni 
axborot bilan qamrab olish hisoblanadi. Tarmoq marketingining zamonaviyroq 
sanalgan MLM (Multi-Level Marketing) tushunchasi «Ko‘p tarmoqli marketingi» 
sifatida izohlanadi. Tarmoq marketingida mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda 
ko‘p odam jalb qilinadi. Tarmoq marketingi sohasida faoliyat yuritadigan juda ko‘p 
kompaniyalar mavjud. Har qanday mahsulot yoki xizmat bugungi kunda tarmoq 
marketingi tizimi yordamida tarqatiladi
19

Tarmoq marketingi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv usuli bilan chakana savdoning eng 
tarqalgan varianti. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi 
o‘rtasida ulgurji savdo firmalari yo‘qligi xarakterli – tovarning butun harakati yangi 
ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmog‘ida ro‘y beradi. Keng 
tarmoqlangan tarqatuvchilar tarmog‘i vujudga keladi. Tovar ishlab chiqaruvchi 
kompaniya sotuv hajmini oshirganlik uchun qo‘shimcha chegirmalar taqdim etgan 
holda tarmoqning o‘sishini rag‘batlantiradi. Tarmoq marketingida, qoidaga ko‘ra, 
ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari o‘tkazilmaydi – sotuvchining 
o‘zi tovarn xaridorga taqdim etadi, tovar xususiyatlari haqida ma’lum qiladi, uning 
ustunliklarini namoyish etadi. 
19
 www.marketing.kharkov.ua/marketing/setevoy-marketing.html 


132 
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha 
iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda 
keltiradigan texnologiya hisoblanadi. 
Usulning mohiyati quyidagidan iborat: ikki yoki undan ortiq kompaniya o‘z 
mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkillashtiradi. Bunda reklama 
qilinadigan tovarlar yoki xizmatlar bir-biriga yo‘ldosh bo‘ladi va go‘yoki bir-birini 
to‘ldirib turadi. 
Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‘llanadi. U 
oziq-ovqat sohasida juda faol foydalaniladi. Agar keng miqyosdagi kross-aksiyalar 
ko‘zga tashlanmasada, supermarketlarda kross-savdo deb atash mumkin bo‘lgan 
yo‘ldosh tovarlar taklifi juda ko‘p uchraydi. Asosiysi – iste’molchilar tomonidan 
reklama yoki majburan o‘tkaziladigan tovar sifatida qabul qilinmaslikdir. Buning 
ustiga, xaridorlar tashkil qilingan bunday qulayliklar uchun minnatdor ham bo‘ladi. 
Hammasi oddiy – ularni joylash do‘konning boshqa hududida ro‘y beradigan 
bo‘lsada, yo‘ldosh tovarlar yonma-yon joylashtiriladi. 
Mobil marketing ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, 
smartfon 
yoki 
cho‘ntak 
portativ 
kompyuteri 
(KPK) 
foydalaniladigan 
kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi
20

Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga boshqa media 
vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirish, 
samaradorlik. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
marketing 
(direct-marketing, 
direkt-marketing) 
– 
iste’molchidan javob olishga – yoki mahsulotga buyurtma ko‘rinishida, yoki 
axborotga keyingi buyurtma ko‘rinishida, yoki bevosita ta’minotchiga murojaat 
shaklida javob olishga qaratilgan har qanday tadbir. 
Direkt-marketing bu – kompaniya ular yordamida o‘z tovar va xizmatlarining 
har bir iste’molchisi bilan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kommunikatsiyalari 
yo‘lga qo‘yadigan va ular bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlar 
20
Ульяновский А.В. Маркетинговые коммуникации: 28 инструментов миллениума /А.В. Ульяновский. - М.: 
Эксмо, 2008. - С. 17.


133 
o‘rnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir. Bunda kommunikatsiyalar ikki taraflama 
xarakterga ega bo‘ladi, samarali qaytuvchan aloqa o‘rnatiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin