137
9-BOB. INNOVATSION MAHSULOTLARNI ISTE’MOLCHILARGA
ETKAZISH BO‘YICHA QAROR QABUL QILISH
9.1. Innovatsion mahsulotlarni siljitish usullari
Innovatsion mahsulotlarni siljitishning ikki xil usuli – "vertikal" va "gorizontal"
usuli ajratib ko‘rsatiladi.
Vertikal usulda butun innovatsion sikl innovatsion faoliyatning alohida
bosqichlarida erishilgan natijalarni bitta tashkilotda bo‘linmadan bo‘linmaga
uzatilgan holda mujassam etiladi. Biroq ushbu usulning qo‘llanishi juda
chegaralangan – yoki tashkilotning o‘zi barcha xizmatlar,
ishlab chiqarish va
bo‘limlarni birlashtiradigan kchli konsern bo‘lishi (masalan, hattoki o‘zining
avtoustaxonalarini ta’minlashni ham qo‘ldan chiqarmaydigan "Volvo" konserni),
yoki korxona xilma xil tarkibiy qismlardan iborat bo‘lmagan o‘ziga xos mahsulotlar
juda tor doirasini ishlab chiqishi va ishlab chiqarishi lozim (masalan, yangi kimyoviy
yoki farmakologik materiallar).
Gorizontal usul – hamkorlik va kooperatsiya usuli bo‘lib, bunda etakchi korxona
innovatsiyalar tashkilotchisi hisoblanadi, innovatsion mahsulot
yaratish va siljitish
bo‘yicha funksiyalar esa qatnashchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Innovatsiyalarni
siljitishning ushbu usuli zaruriy tarkibiy qismi texnologiyalar transferti hisoblanadi.
Uning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi:
• ixtirolarga litsenziya va patentlarni berish;
• texnik hujjatlarni berish;
• nou-xau – sanoat texnologiyasini qo‘llash bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar
yig‘indisini berish;
• injiniring – loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
va muhandislik-
texnik sohaga mansub bo‘lgan loyiha va amaliy ishlar yig‘indisi;
• sanoat kooperatsiyasi – bu maqsadga erishish uchun qizg‘in texnologik
ayirboshlashni amalga oshiradigan, kooperativ ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun
birlashtirilgan tomonlar;
138
• qo‘shma korxonalar – ushbu bozor uchun yangi bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqarishda sa’y-harakatlar, bilimlar
va tajribani birlashtirish, manfaatdor hamkorlar
o‘rtasida riskni taqsimlash imkonini beradi.
• texnik yordam;
• franshizing – kimningdir tovarlarini sotish
yoki ayrim sohalarda xizmat
ko‘rsatish uchun ruxsat berish;
• lizing (moliyaviy ijara).
• Innovatsiyalarni samarali joriy qilish uchun quyidagilar ko‘zda tutiladi:
• oliy darajada biznes-jarayonlar ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan xizmat-
kengashlar, qo‘mitalar yoki ishchi guruhlar tashkil qilish;
• innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish uchun xizmat tashkil qilish;
• kichik tadqiqotchilik biznesi tashkil qilish;
• kichik innovatsion biznesning eng tarqalgan shakllaridan biri sifatida riskli
firmalar tashkil qilish uchun venchurli kapitaldan foydalanish;
• innovatsiyalar uchun maxsus strukturaalr – eksplerentlar tashkil qilish;
• kichik innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus tashkiliy
strukturalar – biznes-inkubatorlar tashkil qilish;
• innovatsion faoliyatni an’anaviy innovatsion
strukturalar orqali davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Yuqorida aytib o‘tilgan innovatsion mahsulotlarni siljitish usullari, shakllari va
atributlarini birlashtirish innovatsion mahsulotni bozor
tomon harakatlantirish
kompleksi hisoblanadi. Uni boshqarish bu – turli elementlarni muvofiqlashtirish, bu
elementlarni qo‘llash yo‘li bilan erishilishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni aniqlash, bu
maqsadlarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan xarajatlar smetasini tuzish, maxsus
dasturlar ishlab chiqish (masalan, reklama kampaniyalari), ishlarni baholash va
natijalar maqsadga muvofiq kelmagan hollarda tuzatish choralari qo‘llashdir.
Shunday qilib, innovatsion mahsulotlarni siljitish
samarali tizimini tashkil
qilishning barcha elementlarini tartibga solish va qo‘llash ularni bozorda
muvaffaqiyatli joriy qlish va rivojlantirishning garovidir.
139
Innovatsion mahsulotni siljitishning har bir kanali bir qator vositalar tanlashni
taqozo etadi. Taklif etilayotgan mahsulot
yoki xizmatlar turiga qarab, quyidagi
jadvalda keltirilgan vositalardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: