O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsion mahsulotlarni siljitish kanallari tasnifi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Innovatsion mahsulotlarni siljitish kanallari tasnifi: 
Ommaviy kanallar. Ommaviy kanallar ommaviy talab bo‘lgan arzon sotuv 
ob’ektlariga va buning natijasida, omma mujassam topgan butun marketing makoni 
axborot «qalpog‘i» bilan qamrab olinadigan «omma» auditoriyasi miqdoriy toifasiga 
xizmat ko‘rsatadi.  
Ommaviy kanallar qatoriga tashqi reklama, hamma uchun qiziqarli ommaviy 
axborot vositalari, low narx toifasiga mansub tovarlar o‘rovi, ba’zida esa shu 
tovarlarning o‘zi, paketlar, Internet, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommaviy reklama va 
transportdagi reklama kiritiladi.
Tashqi reklama — reklama taxtalari va alohida turadigan konstruksiyalar, uylar 
devorlaridagi 
reklama 
polotnolari, 
axborot 
pannosi 
(jumladan, 
yorug‘lik 
yordamidagi), transportda reklama va b. — eng keng doirali auditoriya uchun 
ko‘rinarli bo‘lib, shu sababli ommaviy kanallar qatoriga kiritiladi. Savdo nuqtalari 
oldidagi viveska, vitrina va shtenderlar mahalliy kanallar qatoriga kiritiladi.
Hamma uchun qiziqarli ommaviy axborot vositalari bu – ko‘pchilik o‘qiydigan 
bosma davriy matbuot nashrlari, ko‘pchilik ko‘radigan televizion dasturlar va 
tinglaydigan radiostansiyalardir. Ular ommaviy auditoriya uchun qiziqarli bo‘ladi. 
Masalan, istalgan kanaldagi yangiliklar dasturi, radiodagi musiqiy dasturlar.
Ularga qarshi qo‘yiladigan tor ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari ham 
mavjud: «Tishlar» jurnalini stomatologlar o‘qiydi, «Soch turmaklari» jurnali 
sartaroshlar uchun qiziqarli bo‘ladi. Biroq stomatologlar va sartroshlar bu omma 
emas, balki kichik guruhdir.
low narx toifasidagi tovarlar o‘rovi ham ommaviy kanal bo‘lib xizmat qiladi
chunki u «ommaviy ravishda xalq ichiga kirib boradi». «May choyi» qutisini ochib, 
uning ichidan «choy xabarnomasi»ni olish mumkin.


140 
low narx toifasida shunday tovarlar mavjudki, ularga o‘rov kerak ham emas. 
Masalan, kiyim-kechakda nafaqat ishlab chiqaruvchining, balki bu mahsulot sotilgan 
magazinning ham logotipini topish mumkin.
Paketlar bu alohida pozitsiya, chunki u tashqi reklama (mini-shaklda bo‘lsa 
ham) va o‘rov o‘rtasidagi holatni egallaydi. Biz paketlarga nimalarnidir solamiz va u 
bilan ko‘cha bo‘ylab yuramiz. Ko‘plab magazinlar va savdo markazlari o‘z reklama 
vositalarida paketlarga ega.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin