A. Sotuv ob’ekti – innovatsion jarayon natijasida ishlab chiqilgan mahsulot Dastlabki baholashda, konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida va innovatsion
faoliyat mahsulotini ishlab chiqishning ilk bosqichlarida, mahsulot ishlab chiqarish
texnologiyasi, texnologik nomativlar noma’lum bo‘lgan, mahsulot tayyorlanadigan
materiallar belgilanmagan sharoitlarda faqt taxminiy, yiriklashtirilgan narx belgilash
usullari qo‘llanishi mumkin, chunonchi:
❖ parametrik usullar;
❖ korrelyasiya va regressiya tahlili usullari.
Parametrik usullar innovatsion mahsulot narxini parametrik qatorni tashkil
qiladigan shunga o‘xshash mahsulot ko‘rsatkichlari va narxlari negizida belgilashga
asoslanadi. Parametrik usullarning eng oddiy turlaridan biri tovar narxini
mahsulotning bitta asosiy ko‘rsatkichi ta’sirini hisobga olish asosida aniqlash
hisoblanadi. Mahsulotning funksional vazifasini belgilab beradigan va uning eng
muhim xususiyatini tavsiflaydigan ko‘rsatkich asosiy ko‘rsatkich deb ataladi. Rn asosiy ko‘rsatkichli innovatsion mahsulot narxi quyidagi formula bo‘yicha
mahsulotning tayanch narxi va Rb ko‘rsatkichi tayanch qiymati orqali aniqlanadi:
Sn= SbxRn/Rb, bu erda Sn va Sb – mos ravishda yangi va tayanch mahsulot narxi.
Asosiy ko‘rsatkich usuli juda oddiy, lekin amaliyotda ko‘pincha bitta asosiy
ko‘rsatkichni ajratib ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. SHu sababli ko‘pincha funksional bir
turdagi, bir xil vazifalarni bajaradigan va bir-biridan faqat texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar hajmi bilangina farq qiladigan mahsulotlar ko‘p ko‘rsatkichli qatorlari
foydalaniladi. Bu hisob-kitoblar aniqligini oshiradi, biroq yangilik darajasining
yuqoriligi bilan ajralib turadigan ilmiy hajmdor mahsulotlar uchun bunday parametrik
qatorlar mavjud emas.
Innovatsion mahsulot narxi va uning texnik-iqtisodiy tavsifnomalari o‘rtasida
miqdoriy o‘zaro aloqalar o‘rnatishning hattoki hisob-kitoblardagi xatoliklarni
aniqlashga imkon beradigan yanada aniqroq usuli korrelyasiya va regressiya tahlili
68
hisoblanadi. Dastlabki bosqichda statistik ma’lumotlar asosida analog-mahsulotlar
uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan (korrelyasiya qiladigan) ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
So‘ngra quyidagi regressiya tenglasmasi ko‘rinishida tahliliy bog‘liqlik tuziladi: