186
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing (direct-marketing) – iste’molchidan javob
olishga – yoki mahsulotga buyurtma ko‘rinishida, yoki
axborotga keyingi buyurtma
ko‘rinishida, yoki bevosita ta’minotchiga murojaat shaklida javob olishga qaratilgan
har qanday tadbir. Direkt-marketing – bu kompaniya ular yordamida o‘z tovar va
xizmatlarining har bir iste’molchisi bilan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing
kommunikatsiyalari yo‘lga qo‘yadigan va ular bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli
munosabatlar o‘rnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir.
Mijozlarning marketing tahlili – innovatsiyalar joriy qilishda iste’molchilar
xulq-atvorni boshqarishning tarkibiy elementi sanaladi. Bunda marketing tahlili eng
umumiy ma’noda bu erda mavjud marketing axborotlaridan mos keluvchi boshqaruv
qarori qabul qilishga imkon beradigan xulosalar (takliflar,
tavsiyalar, asoslar)
chiqarishga imkon beradigan jarayon sifatida tushuniladi.
Tashqi reklama — reklama taxtalari va alohida turadigan konstruksiyalar, uylar
devorlaridagi reklama polotnolari, axborot pannosi (jumladan, yorug‘lik
yordamidagi), transportda reklama va b. — eng keng
doirali auditoriya uchun
ko‘rinarli bo‘lib, shu sababli ommaviy kanallar qatoriga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: