184
Bozorda standart test o‘tkazish – yangi mahsulot to‘liq ko‘lamda mahsulot
chiqarishda sotuv sharoitlariga o‘xshash bo‘lgan sharoitlarga qo‘yiladigan holadtda
bozorda sinov o‘tkazishdir. Standart test o‘tkazishdan
maqsad olingan natijalardan
mamlakat miqyosida sotuv hajmini bashorat qilish uchun foydalanish hamda ushbu
mahsulotni ishlab chiqarish va uning marketingi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash
hisoblanadi.
Bozorda nazorat testi o‘tkazish – belgilangan haq to‘lash evaziga mahsulot
sotishning turli usullarini sinab ko‘rishga rozi bo‘lgan
maxsus magazinlar panellari
barpo etishdir. Bozorda nazorat testi o‘tkazishni amalga oshiruvchi tashkilot o‘z
rejalariga muvofiq magazinlar soni va geografik joylashuvini belgilaydi,
mahsulotning savdo zalida joylashtirilishini,
narxlarni, mahsulotni siljitishning
tanlangan usullarini nazorat qiladi. Olingan natijalar tahlili ularning talabga ta’sirini
aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion bozor testlari o‘tkazish – mahsulotni real sharoitlarni imitatsiya
qiladigan (o‘xshatadigan) sharoitlarda sinab ko‘rish, masalan,
tashkilot tanlab olgan
iste’molchilarning ularga ajratilgan pullarga oddiy magazinda yoki ushbu
tashkilotning magazin-laboratoriysida tovarlar xarid qilishidir.
Talabni shakllantirish – innovatsion korxonaning
potensial xaridorlar tovar,
uning xususiyatlari, texnik darajasi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kafolatlari, narxi, xarid
bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar,
servis haqida, shuningdek, sotuvchining
ishonchliligi, uning nufuzi va yutuqlari haqida to‘liq xabardorligi
borasida maqsadli
yo‘naltirilgan harakatlaridir.
Dostları ilə paylaş: