O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan sotuvchilar va 
xaridorlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha marketing faoliyatidir. 
Ijtimoiy marketing - iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga 
ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini 
shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. 


185 
Geomarketing - taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste’molchilar 
talabini tushunish va aniqlashga yo‘naltiriladi. U ko‘cha/kvartal/sektor tipologiyasini 
aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi. 
Munosabatlar marketingi -korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani 
ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlashdir. Tahlil mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga 
yo‘naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida uzoq munosabatli 
munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. 
Taassurotlar marketingi - uchun iste’molchi tovar va xizmatlarni ularning 
funksional atributlaridan ko‘ra ko‘proq ularni iste’mol qilish, foydalanishda 
olinadigan emotsional samarasi uchun xarid qiladi. Boshdan kechirilgan har bir 
kechinma, u jamoaviy yoki ikka tartibdagi bo‘lishidan qat’i nazar, alohida bir kishi 
uchun o‘z shaxsini, o‘ziga xsoligini mustahkamlash usulidir. 
Partizancha marketing – bu hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish 
va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan 
marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‘p pul sarflash o‘rniga 
tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy 
fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin