80
munosabatlardagi individual obrazini yaratishda tovar sifati birinchi darajali rol
o‘ynaydi.
Hozirgi paytda, M.Plank nomidagi Germaniya ilmiy-tadqiqot institutining
ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlarning 60%i tovar belgisini tovarning ma’lum bir sifati
bilan barqaror ravishda bog‘lab keladi, yana 30%i – sifati va uning aynan shu firmaga
tegishli ekanligi bilan bog‘laydi, qolgan 10%i esa tovar
yoki xizmatlarni tanlashda
tovar belgisiga e’tibor qaratmaydi. Shu sababli jahonda chiqarilayotgan jami
tovarlarning 80%dan ortig‘i tovar belgilari bilan markalanadi.
Marketing sohasidagi mashhur mutaxassis Piter Doyl, brendni shakllantirish
mexanizmi elementlarini ko‘rib chiqar ekan, uch bosqichni ketma-ketlikda bosib
o‘tgan holda brendni yaratish mumkin deb hisoblaydi:
❖ xaridorlar ehtiyojlarini qoniqtiradigan sifatli mahsulot yaratish;
❖ samarali taqdimot o‘tkazish;
❖ uni boshqa mahsulot va xizmatlar bilan to‘ldirgan
holda savdo markasi
bazasini kengaytirish.
Birinchi bosqich sifatida sifatli tovar yaratishni ajratib ko‘rsatar va unga alohida
e’tibor qaratar ekan, afsuski, P.Doyl brendni shakllantirish mexanizmining butun
zanjirini ko‘rib chiqmaydi, balki faqat asosiy jihatlarini ko‘rsatadi, bizningcha, ular
o‘z navbatida, batafsil tahlilga ehtiyoj sezadigan alohida
mustaqil elementlardan
tarkib topadi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik mahalliy korxonalar uchun sifatli tovar
mavjudligi o‘z brendini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun zaruriy, lekin etarli
bo‘lmagan shart hisoblanadi. Buning sababi shundaki, bitta tovar guruhida raqobat
kuchli va ishlab chiqarilayotgan raqobatchi-tovarlar
sifatining yuqori darajada
ekanligi kuzatilmoqda.
Turli mahalliy korxonalar amaliy tajribalarini tadqiq etish natijasida
aniqlanadiki, brendni shakllantirish mexanizmini quyidagi elementlardan iborat
bo‘lgan ma’lum bir algoritmik struktura ko‘rinishida aks ettirish mumkin.
1.Brendning biznes-g‘oyasini shakllantirish.
81
2.Bozorni tahlil qilish: segmentlash, bozor sig‘imini va uning segmentlarini
baholash, bozor dinamikasi va raqobatchilarni o‘rganish.
3.Sifatli tovar yoki xizmat yaratish.
4.Tovarni identifikatsiya qilish va individuallashtirish.
5.Bo‘lg‘usi brend hududida sotuv hajmini oshirish.
6.Iste’molchi tomon reklama kommunikatsiyalari.
7.Korxonada brend mafkurasi muhimligini shakllantirish.
8.Ko‘pchilikning moyilligi va sodiqligiga erishish.
9.Iste’molchi ongida brend g‘oyasini mustahkamlash.
10.Iste’molchining brend qimmatiga ishonishi va uni o‘z qadriyatlariga
tenglashtirishi.
11.Brendni kelgusida boshqarish.
Ta’kidlash
joizki,
brendni
shakllantirish
mexanizmining
dastlabki
bosqichlaridan biri sifatida
yangi ttovar yaratish emas, balki biznes-g‘oya ishlab
chiqish va ifodalashni ko‘rsatmoqdamiz.
O‘z brendini yaratayotgan har qanday korxonaning asosiy iqtisodiy maqsadi
innovatsiyalarning bozor qiymati va raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi.
Biznes-g‘oya
ishlab
chiqish
brendni
shakllantirishda
ko‘zda tutiladigan
kompaniyaning aniq maqsadlarini ifodalashga imkon beradi: uzoq muddatli va qisqa
muddatli rejalar, muvaffaqiyatlilikni aniqlash mezonlari,
tadbirkorlik faoliyatining
taktik va strategik jihatlari va h.k.
Biznes-g‘oya ishlab chiqish masalasi bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar
uchun dolzarb sanaladi va birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mahalliy korxonalar amaliy
tajribasi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda kompaniyalar biznes-g‘oya
ishlab chiqishni pisand qilmasdan, o‘z faoliyatini ma’lum bir tovar ishlab chiqishdan
boshlamoqda. Taklif etilayotgan brend shakllantirish mexanizmi elementi – biznes-
g‘oya ishlab chiqish – brendni strategik rivojlantirish, shuningdek, korxonaning
o‘zini rivojlantirish masalalarini samaraliroq hal etishga imkon beradi.
Shakllantirilgan biznes-g‘oyani
aniqlashtirish, brendning bozordagi asosiy
pozitsiyalarini aniqlash, uning sig‘imi, dinamikasi va tovar nishasidagi raqobat
82
darajasini baholashga dastlabki bozor tahlili yordam beradi. Bo‘lg‘usi brendning
bozordagi pozitsiyalarini ishlab chiqish, iste’molchilarni segmentlash zarur.
Fikrimizcha, brend shakllantirish doirasida iste’molchilarni
segmentlash masalalari
sohaning kam o‘rganilganligi sababli alohida e’tibor talab qiladi.
Quyidagi 5.1-jadvalda innovatsiyalar bozorida brendni shakllantirishning
alohida bosqichlarini bajarish usullari aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: