O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. O„zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o„sish



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/86
tarix18.01.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#79578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
Sh Ergashxodjaeva, I Nematov Brendni boshqarish O„quv qo„llanma

 
1.2-rasm. O„zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o„sish 
sur‟atlari, foizda
3
 
 
Xususan, 2015 yilda iqtisodiyotga yo„naltirilgan investitsiyalarning 67,1 foizi 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo„naltirildi. Jumladan, ushbu 
davrda umumiy qiymati 7,4 mlrd. AQSH dollariga teng bo„lgan 158 ta yirik ishlab 
chiqarish obyekti qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. 
3
http://www.cbu.uz/ru/monetarnaya-politika/doklad-o-monetarnoy-politike/ 2015 yildagi makroiqtisodiy holat 
va real sektor tahlili. 
12,1 
12,7 

8,3 
6,6 
7,7 
8,8 

7,5 
6,6 
6,1 
4,5 
5,7 
6,8 
6,3 

6,8 
6,5 
6,7 
6,6 
21 
7,2 
16,6 
14,7 
16,4 
14,2 
15,3 
14,2 
14,6 
14,4 
20,6 
21,3 
12,9 
13,4 
16,1 
13,9 
14,8 
13,4 
12,2 
12,5 
0
5
10
15
20
25
2007 yil
2008 yil
2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil
2016 yil
Sanoat ishlab chiqarish
Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish 
Chakana savdo aylanmasi
Aholiga pullik xizmatlar ko„rsatish 


20 
2015 yilda ish o„rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta‟minlashga 
qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarning davom ettirilishi natijasida jami 980 mingta 
yangi ish o„rinlari tashkil etildi, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi. 
Yangi ish o„rinlarining yaratilishi bilan birga iqtisodiyotda mehnat 
unumdorligining barqaror oshib borishi aholi real daromadlarining o„sishiga xizmat 
qilmoqda. Xususan, 2015 yilda aholi jon boshiga to„g„ri keladigan jami real 
daromadlarning o„sishi 9,6 foizni tashkil etdi. 
Aholi daromadlari va iste‟mol xarajatlarining barqaror oshishi, o„z navbatida, 
2015 yilda chakana savdo aylanmasining 15 foizdan ziyodga oshishiga xizmat qildi. 
Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o„zgartirishlarning o„rta 
muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2015 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni 
saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining 
yuqori o„sish sur‟atlarini ta‟minladi. 
Xususan, 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2014 
yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so„mni tashkil etdi. 
Sanoatda yuqori o„sish sur‟atlari asosan yengil sanoat (16,6 foiz), qurilish 
materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz) 
tarmoqlarida kuzatildi. 
Bunda yengil sanoat tarkibiga kiruvchi to„qimachilik sanoatida o„sish sur‟ati 
12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida 18,9 
foizni tashkil qildi. 
Qishloq xo„jaligini rivojlantirishda asosiy e‟tibor ushbu sohada ham tub tarkibiy 
o„zgarishlarni davom ettirishga hamda qishloq xo„jaligida yetishtirilgan 
mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va ularni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga 
qaratildi. 
2015 yilda qishloq xo„jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga 
nisbatan 6,8 foizga oshib, 42,3 trln. so„mni tashkil etdi. Bunda dehqonchilik 
mahsulotlarini etishtirish hajmining o„sish sur'ati 6,7 foizni, chorvachilik 
mahsulotlarini etishtirish hajmining o„sishi esa 6,8 foizni tashkil etdi.


21 
2015 yilda iqtisodiyotda pullik xizmatlar ko„rsatish hajmi 2014 yilga nisbatan 
10,8 foizga o„sishi xizmat ko„rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54,5 
foizgacha oshishini ta‟minladi. 
2015 yilda xizmat ko„rsatish sohasida yuqori o„sish sur‟atlari moliyaviy 
xizmatlar (30,0 foiz), sog„liqni saqlash (17,3 foiz), aloqa va axborotlashtirish (15,4 
foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (18,1 foiz), maishiy xizmatlar (17,5 foiz), turistik 
xizmatlar ko„rsatish (15,9 foiz), qurilish (18,6 foiz), kompyuter dasturlash (13,4 foiz) 
hamda qishloq xo„jaligi texnikasini ta‟mirlash (14,7 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. 
Jumladan, bank, sug„urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari 
barqaror sur‟atlar bilan rivojlanib borishi xususiy sektor va kichik biznes rivojiga 
xizmat qilmoqda. Xizmat ko„rsatish sohasida 80,4 mingta kichik biznes subyekti 
faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko„rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 
foizdan ortig„ini tashkil qiladi. 
2015 yilda iste‟mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 9,7 
foizga o„sib, 36,2 trln. so„mni tashkil etdi. 
Bunda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 17,8 
foizga va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 3,6 foizga ortdi. 
2016 yil 1 oktyabr holatiga faoliyat ko„rsatayotgan kichik tadbirkorlik 
subyektlarining soni 215801tani tashkil etib, o„tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 
foizga o„sdi. 
2016 yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlari
quyidagilar hisoblanadi: 
– 
boshlangan 
tizimli 
demokratik 
islohotlarni 
va 
mamlakatni 
modernizatsiyalashni, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xo„jaligidagi 
chuqur tarkibiy o„zgartirishlarni so„zsiz davom ettirish, xususiy mulkchilik, 
tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya 
qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni 
ta‟minlash; 


22 
– 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo„l-transport 
infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so„zsiz amalga oshirish 
bo„yicha boshlangan ishlarni davom ettirish; 
– qishloq xo„jaligida islohotlarni va tarkibiy o„zgartirishlarni yanada 
chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish; 
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish; 
– iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi 
korxonalarni qo„llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo„jaliklari, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag„batlantirish; 
– 
iqtisodiyot 
tarmoqlarida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi yaratilishini tubdan 
tezlashtirish. 
O„zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining yuqori o„sish sur‟atlarini 
ta‟minlayotgan omillar quyidagi 1.3-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin