I. Fan tavsifi Ushbu fan “Biznesda buxgalteriya hisobi” deb nomlanib, unda sizga biznesni qanday qilib
samarali va axloqiy tarzda ishlashini oʻrgatadi va bunga erishish uchun moliya mutaxassislarining
muhim rolini namoyish etadi, bu kurs birinchi kursning ikkinchi semestrida oʻqitilishi
rejalashtirilgan. Ushbu fanning maqsadi talabalarda turli biznes muhitlarida rejalashtirish, nazorat
qilish va monitoringni boshqarishda menejmentni qoʻllab-quvvatlash uchun buxgalteriya hisobi
uslublari toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni rivojlantirish.
Fanning asosiy jihati siz biznesni atrof-muhit nuqtayi nazarida tushunasiz, shu jumladan
boshqaruv, bandlik, sogʻliqni saqlash va xavfsizlik, maʼlumotlarni himoya qilish va xavfsizlik kabi
jihatlarga iqtisodiy, huquqiy va tartibga soluvchi taʼsirlarni ham organasiz.
Fan 6 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzuda biznesni tashkil etishning maqsadi va
turlari, biznes tashkilotlaridagi sheriklar, siyosiy, huquqiy va biznesga taʼsir etuvchi boshqa omillari
keltirilgan. Ikkinchi mavzuda rasmiy va norasmiy biznes tashkiloti, korxonaning tashkiliy tuzilishi
va dizayni, biznesda tashkiliy madaniyat, biznes tashkilotlaridagi qoʻmitalar, davlat boshqaruvi va
ijtimoiy javobgarlik biznesi keltirilgan. Uchinchi mavzu buxgalteriya va boshqa biznes funksiyalari
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqligi, biznes tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliya funksiyalari,
buxgalteriya hisobi va auditni tartibga soluvchi qonun va meʼyorlar, biznes tarafdan taminlangan
ichki va tashqi moliyaviy malumotlarning manbasi va maqsadi, moliyaviy tizimlar, ichki
boshqaruv, avtorizatsiya, maʼlumotlarning xavfsizligi va biznes ichidagi muvofiqlik, firibgarlik va
firibgarlik xatti-harakati va ular biznesdagi, shu jumladan korrupsiya haqida maʼlumot beradi.
Toʻrtinchi mavzu yetakchilik, boshqaruv va nazorat, xodimlarni tanlash va ishga olish, biznes
tashkilotlaridagi individual va guruhiy xatti-harakatlar, jamoaning shakllanishi, rivojlanishi va
boshqaruv, odamlar va guruhlarni ragʻbatlantirish, ish joyida oʻrganish va oʻqitish, shaxsiy
koʻrsatkichlarni koʻrib chiqish va baholashni yoritib beradi. Beshinchi mavzuda shaxsiy
samaradorlik usullari, ishda samarasizlik oqibatlari, vakolat doirasi va shaxsiy rivojlanish,
mojarolar manbalari va nizolarni hal qilish va yoʻnaltirish usullari, biznesda muloqot tushuntiriladi.
Oltinchi mavzuda axloqiy xatti-harakatlarning asosiy prinsiplari, buxgalteriya faoliyatida axloqiy va
professional standartlarni ilgari surishda tartibga soluvchi va professional organlarning roli,
korporativ etika kodeksi, axloqiy nizolar va dilemmalar haqida fikrlar bayon etiladi.