G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutahassislardan bolib, u bosharish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, tizimli (sistemali) tartibini ishlab chiqqan. Bu haqidagi fikrlar uning "Mehnat unumdorligining 12 tamoyili" nomli asarida yeritilgan.
Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
Dispetcherlash.
Me'yorlar va jadvallar.
Sharoit bilan ta'minlash.
Operaziyalarni me'yerlash.
Standart yo’riqnomalarni tayyorlash.
Unumdorlikni rag’batlantirish.
G.Emersonning ilmiy boshqaruv tamoyillari mohiyatiga ko’ra yuqoridagi kabi ketma-ketlikda bayen qilingan. Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqate'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini organb, ishchiga beriladigan ish hajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining mahsus tizimi oqilona fikr asosida yollanilib, unga ko’ra berilagn normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar , uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solingan. Shu Bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.