O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/35
tarix23.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#101800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
креатив

1.2. Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari. Talabalarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u 7holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi. CHiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, talabalar ham shunday bo‘la oladi. O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Darslarda o‘qituvchi “kreativlik yo‘l xaritasi”ga ko‘ra quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: 1) ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish; 2) talabalarni o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; 3) innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish; 4) kutiladigan natija.. Pedagogning kreativlik potensiali ko‘p darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga tayanadi:

Ustuvor tamoyillar

Muammoli xarakterga egalik

Ijodiy yo‘naltirilganlik

Imkoniyatlarni oshirib borish

Individuallikka erishish

Kreativlikning yorqin namoyon bo‘lishi

Bir butunlik, izchillik, tizimlilik

SHaxsning individual xususiyatlari va hayotiy faoliyatda orttirgan sifatlarining o‘zaro uyg‘unligi


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin