malakalar guruhlari: 1) bilishga oid (gnostik) malakalar; 2) loyihalash malakalari; 3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;tadqiqotchilik malakalari; 4) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari; 5) tashkilotchilik malakalari; 6) izchillikni ta’minlovchi (protsesssual) malakalar; 7) texnik-texnologik malakalar Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi: Bilishga oid (gnostik) malakalar:- Bo’lajak pedagoglarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy- psixologik o’ziga xosligini inobatga olgan holda o’quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash; - zamonaviy ta‟lim talablaridan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
- ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish; - bo’lajak pedagoglar tomonidan o’quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o’zlashtirganlik natijalarini, o’quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish; - bo’lajak pedagoglarning bilishga bo’lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo’yicha turli ko’rinishdagi ishlarni olib borish; - darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to’garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish; - bo’lajak pedagoglar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish; - bo’lajak pedagoglarda sog’lom turmush kechirishga bo’lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko’nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakalarini shakllantirish; - ta‟lim jarayonida turli ko’rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar,axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish; - didaktik material va ko’rsatmali qurollarni ishlab chiqish; - ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o’ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o’rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
-o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish Loyihalash malakalari: - dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish; - dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish; - dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish; - ta‟limiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash; - maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash; - o’quv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish; - o’quv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish; - o’quv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha ma‟lumotlar o’rtasidagi o’zaro izchillikni ta‟minlash; - bo’lajak pedagoglarni mustaqil fikrlashga rag’batlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish; - dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash; - dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash; - yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qo’llash; - muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish; - bo’lajak pedagoglarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash; - bo’lajak pedagoglar jamoasi hamda alohida talabaning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmin yaratish