II BOB. PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI. 2.1. Umumiy pedagogika fanining oliy ta’limda o’qitish xolati..............29-51 2.2.Seminar mashg’ulotlarida talabalarning kreativlilik sifatlarini rivojlantirish metodikasi...................................................................................52-59 XULOSA ……………………………………………………………………..60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………..…61-63
KIRISH.
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi Bugungi globallashuv jarayonida zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni texnologiyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, shuningdek, pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o’rin olgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev: “Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi. Yana bir muammoni hal etish muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur..”1 deb ta’kidlab o’tganlar.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tirof etilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirishda ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy-metodik asoslari yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda.
Malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimida ixtisoslik o’quv predmetlarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Chunki ixtisoslikka oid kasbiy va shaxsiy kompetentlik (bilim, ko’nikma va malakalar) asosan ixtisoslik o’quv predmetlarini o’rganish jarayonida shakllantiriladi.
Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish metodikasini noan’anaviy tarzda takomillashtirish natijasida ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija - ijobiy sifat o’zgarishi kafolatlanadi, o’quv jarayonining kerakli tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, o’quv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o’quv jarayonini amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirish, bu borada o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish2 borasida chora-tadbirlar belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida “pedagog xodimlarning o’quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o’qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o’quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko’rsatish huquqiga ega ekanliklari 3 ta’kidlab o’tilgan. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllanadi. Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti. Obyekti: . Oliy ta’lim tizimida bo’lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan foydalanish jarayoni. Predmeti; Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari. Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv ishining maqsadi: Bo’lajak pedagoglarni kreativ pedagogikaning umumiy asoslari? tamoyillari,pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod,metod,vosita va texnalogiyalar bilan tanishtirish orqali ularda o’quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil etishga nisbatan kreativ yondashish malakalarini rivojlantirish. Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - tinglovchilarni kreativ pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va texnalogiyalar bilan tanishtirish; - tinglovchilarda o’quv dasturlarini yaraish^nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun materiallarni to’plash va ularni saralash: o’quv axborot (ma’lumotlarni) samarali izlash: nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash: nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv topshiriqlari turlarini belgilash: o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish; - tinglovchilarning mavzu moxiyatidan kelib chiqqan xolda g’oyaiy mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga o’quv materialini tayyorlay olish, ma’ruza mashg’uloti uchun mo’ljallangan matnning visual xususiyat kasb etishi (sxema,jadval, diagramma) ga erishish ,ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, shuningdek, reyting nazorat uchun keyslar va darajali testlar to’plamini shakllantirish borasidagi ko’nikmalarning malakaga aylanishini taminlashdan iborat. Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha tahlili. Bitiruv ishini tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondashuvga oid g’oyalaridan unumli foydalanildi. Kreativ yondashuv asosida «ta’lim sifatini baxolash mezonlari, shakllari va turlari» modulini ukitish turlari mavzusi borasida ko’plab olimlar ilgari surgan nazariyalari va olib borgan tadqiqotlari tahliliy o’rganildi. Bitiruv ishida kreativ yondashuv asosida ta’lim sifatini baxolash mezonlari pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. So‘nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar o’quv modulini yaratishda amaliy dastur bo’lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan tavsiyalardan o’quv jarayoni sifatini ta’minlashda, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda, ta’lim muassasalari faoliyatida kreativ yondashuv asosida o’qitishni takomillashtirish jarayoniga xizmat qiladi. Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi: bitiruv ishi kirish, 2 bob, 5 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati iborat bo’lib, 63 sahifani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |