O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 357,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix06.05.2023
ölçüsü357,27 Kb.
#108728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

 
2.2. Kurs ishini yozish tartibi 
Talaba tomonidan tanlangan mavzu doirasidagi kurs ishining umumiy hajmi elektron 
tarzda 25-30 varaqdan yoki qo‘lyozmada 30-40 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak. Ilovalar 
ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi. Kurs ishining titul varag’i belgilangan shakl bo‘yicha 
rasmiylashtiriladi (5-ilovaga qarang). Kurs ishida me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar 



bo‘yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil, 
yy.-yillar, m.s- ming so‘m, mln. s. - million so‘m, mak -maksimal va boshqalar. Lekin 
"Moliya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozilar ekan moliyaviy, iqtisodiy terminlar 
va so‘zlarda kamdan-kam holda qisqartma so‘zlar ishlatiladi. Ushbu holatni inobatga olib, 
kurs ishida qisqartma so‘zlarni kamroq ishlatish tavsiya etiladi. Shuningdek, kurs ishida
ba’zi bir so‘z birikmalari qayta-qayta kelishi ko‘zda tutilsa, ushbu so‘z birikmalarini
birinchi yozilishida to‘liq yozish va so‘z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so‘z 
birikmasining qisqartma ko‘rinishlarini keltirish kerak. So‘ng, ushbu so‘z birikmasi 
qaytarilsa, qisqartma ko‘rinishini yozish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti 
(Departament).
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Turizm 
rivojlantirish 
Davlat 
qo‘mitasi(Qo‘mita). 
Reja kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi birlamchi qism bo‘lib, uning boshlanish
qismida keltiriladi va kurs ishi tarkibidagi kirish, asosiy qism va savollar, foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi. Kurs ishi rejasini talaba asosiy 
adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan keyin tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning 
mohiyatini ochib beruvchi savollardan tashkil topishi kerak. U kurs ishi rahbari bilan 
kelishilgan holda tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi rejasini tuzishda yagona shakl 
bo‘lishi mumkin emas, lekin uslubiy qo‘llanmada ma’lum bir mavzu bo‘yicha taxminiy 
rejani 1-rasmda keltirishni lozim deb topdik. 

Yüklə 357,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin