O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 357,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix06.05.2023
ölçüsü357,27 Kb.
#108728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Toshkent – 2021 



KIRISH
 
Moliya tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislardan moliyaviy munosabatlarni 
to‘g‘ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‘llay olish 
talab etiladi. Bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida talabalar fanlar bo‘yicha egallagan bilim va 
ko‘nikmalarini, mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr-mulohazalarini 
bildirish hamda tanlagan mavzusi bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosani bayon 
etishi maqsadida kurs ishlarini yozishi va muvaffaqiyatli himoya ko’zda tutilgan.
Jumladan, Davlat Ta‘lim Standartlarida “Moliya” fanidan 2-kurs “Moliya” ta‘limi 
yo‘nalishi talabalari tomonidan kurs ishlari tayyorlanishi va maxsus tashkil etilgan 
komissiya a‘zolari oldida himoya qilishlari e’tirof etilgan. 
Sirtqi ta‘lim talabalari tomonidan kurs ishlarini yozish va muvaffaqiyatli himoya 
qilish bu o‘tilgan fanlardan egallagan bilim darajalarini namoyon etish shakllaridan biri 
hisoblanib, kurs ishini yozish davomida talabalar o‘zlari egallagan nazariy va amaliy 
bilimlarini oshirish, tanlagan sohasi bo‘yicha amaliyotda erishilayotgan tajribalar bilan 
tanishish uchun dastur amal bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Uslubiy qo‘llanmada kurs ishlarini tayyorlashga oid umumiy qoidalar, kurs 
ishlarini rasmiylashtirish, kurs ishiga ilmiy rahbarning va talabaning vazifalari hamda 
ularning majburiyatlari, bitiruv oldi amaliyoti yuzasidan kurs ishi natijalarini 
rasmiylashtirish tartibi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 
 
I. 
KURS ISHLARINI TAYYORLASHDAN MAQSAD VA UNING 
VAZIFALARI 
Kurs ishlarini tayyorlashdan maqsad 5230600-“Moliya” ta’lim yo‘nalishi 
talabalarini o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, 
bevosita ta’lim standartlari talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, tanlagan 
kurs ishi obyekti bo‘yicha amaliyotda erishilayotgan tajribalar bilan tanishish, sohada 
mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishini yozish davomida talabalar tomonidan quyidagi vazifallarni hal etish 
belgilanadi: 
- nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali chuqurlashtirish va 
boyitish; 



- ochiq axborot manbalaridan foydalangan holda iqtisodiy-moliyaviy 
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va o‘zaro bog’liqlikda xulosalar yasash;
- olib borilgan ilmiy izlanish natijalari asosidan sifatli kurs ishi tayyorlash va unda 
aks etgan materiallarni mazmun-mohiyatini tushunib yetish; 
- kurs ishi obyekti sifatida olingan soha, tarmoq, tashkilot, korxona va 
muassasalarda moliyaviy faoliyatni takomillashtirish, sohada innovatsion yutuqlarni 
joriy etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Talabalar kurs ishining mavzusiga muvofiq ochiq manbalaridan foydalangan hoda 
zaruriy amaliy va staistik ma’lumotlarni to‘plashlari, tizimlashtirishlari hamda shular 
asosida sifatli kurs ishi tayyorlashlari kerak bo‘ladi. 

Yüklə 357,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin