5
yuqori tashkilot, idora, vazirlik veb-saytlari)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
Qolaversa, tanlangan mavzu bo‘yicha
institut saytiga kirgan holda
(www.tfi.uz)
videoma’ruzalar, ARM fondidagi elektron darslik, o‘quv qo‘llanmalarda, ilmiy-amaliy
jurnallardan foydalanishlari tavsiya etiladi. Talabalar shuningdek,
institut Axborot resurs
markazining telegram kanali
(http://t.me/moliya_kutub
) kirib, elektron resurslar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy majmualardan ham unumli foydalanishlari
mumkin.
Agar amaliyot ob’ekti sifatida kichik korxona,xususiy korxona,MChJ kabilar
olingan bo‘lsa, imkon darajasida ushbu yuridik shaxslarning rahbarlari yoki
buxgalterlariga telefon, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat qilib, soliq
idoralariga elektron tarzda yuborilgan yillik yoki choraklik moliyaviy hisobotlarni
elektron shaklda olib, foydalanishlari tavsiya etiladi.
Talaba tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi tahlil qilinadi hamda kurs
ishini yozish davomida foydalaniladigan qismi alohida ajratib olinadi. Kurs ishi bo‘yicha
ma’lumotlar bazasini shakllantirish davomida talabaning adabiyotlar bilan ishlash
bo‘yicha ko‘nikmalari yanada mustahkamlanadi. Chunki mavzu bo‘yicha kerakli
axborotlarni izlash, ularni o‘rganish va har bir ma’lumot bo‘yicha shaxsiy mulohazalarni
bayon etish kelgusida talaba tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishi va
magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda asqotadi.Talaba mavzu doirasida adabiyotlarda
keltirilgan ma’lumotlarni o‘zaro solishtira olishi, o‘zining qarashlariga yaqinini ilmiy
asoslashi hamda fikr mulohazalarini aniq va ravshan taqdim etishi maqsadga muvofiqdir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, keltirilgan fikrlar va statistik ma’lumotlarning manbasi kurs
ishida to‘liq, belgilangan talablar doirasida keltirilishi lozim.
Kurs ishini yozish davomida foydalanilgan bosma va elektron adabiyotlar, internet
saytlari ro‘yxati kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” qismida albatta
keltirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: