O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 202-guruh talabasi Atabayev Quvondiqning “Optika” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Yorug‘lik dispersiyasi



Yüklə 383,83 Kb.
səhifə3/12
tarix01.07.2022
ölçüsü383,83 Kb.
#62574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Optika Q (2)

I Bob Adabiyotlar tahlili
1.1Fizikani o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari.
O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakklaridan (ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan ) foydalanishi mumkin. Shunigdek darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs munozara, bayon, bosh qotirmlar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Anashularga tayangan holda o’qituvchi izlanuvchanlik bilan o’quvchilarga fanga bo’lgan ijodiylik hissini uyg’ota bilishi zarur. O’qituvchi o’quvchida “Menga fizika zarur, uni bilish, hayotda qo’llashning uddasidan chiqishim kerak “ – degan intilishni uyg’otishi kerak. Buning uchun darsga pedagogik texnologiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi.
Pedagogik texnologiya nima?
1971-yilda Yaponiyada pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga kirib keldi. Pedagogik texnologiya bu – shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’z ichiga oladigan hamda yakuniy natijalarini ta’minlay oladiga pedagogik faoliaytdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyati ta’limni yuqori darajada smarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash, ta’lim natijasini oldindan qayd etish, o’quv predmetlarini to’liq o’zlashtirishga eishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart sharoitlarini tayyorlash, oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga erishishga qaratilgan zaruriy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini unga rioya qilib tashkil etishdan iboratdir.
Pedagogik texnologiyalar quyidagi belgilarga ko’ra tasnif qilinadi :
qo’llanilish darajasiga ko’ra ( umumpedagogik );
falsafiy asosi bo’yicha (majburlash pedagogikasi – umumiy majburiy ta’lim);
asosiy rivojlantiruvchi omili bo’yicha ( sotsiogen, ya’ni asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo’lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgan; Shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxssning har tomonlama rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda );
o’zlashtirish kontseptsiyasi bo’yicha ( assotsiativ-reflektor);
shaxsiy belgi sifatlariga ko’ra yo’nalganligi bo’yicha ( axborotli ya’ni , bilim, malaka, ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo’naltirilgan );
mazmun xususiyatlari bo’yicha ( dunyoviy, texnoqratik, umumta’lim mazmunida bo’lib, ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o’rin beriladi );
boshqaruv turi bo’yicha ( an’anaviy-mumtoz bo’lib, unga ta’limning texnika vositalari qo’shilgan );
o’quvchiga yondashuv bo’yicha ( avtoritar );
ko’p qo’llaniladigan metodlari bo’yicha ( tushuntirish – illyustratsiya );
ta’lim oluvchilar toifalari bo’yicha ( ommaviy ).
Texnologiya universal xususiyatga ega bo’lib, uni har bir mutaxasis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko’zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o’qitish usullari va yo’llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo’lgan majmuidan iborat. Metodika o’qituvchining bilim, ko’nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog’liq.
O‘qitish metodlarini shartli ravishda “O‘qitishning an’anaviy metodlari”ga va “O‘qitishning noan’anaviy metodlari”ga ajratish mumkin. O‘qitishning noan’anaviy metodlariga (usullariga) kelsak, ularning turlari (soni) juda ham ko‘payib ketgan. Ularni orasidan, shu kunda pedagogik jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinib, amaliyotga tavsiya qilinayotganlaridan ba’zilarini (“Kichik guruhlar”, “Bahs-munozara” usullarida o‘qitish, “Loyihalash”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yinlar” metodlari) qaraymiz. O‘qitishning noan’anaviy metodlari ichida o‘qitishning muammoli metodi (ba’zida muammoli-izlanish metodi kabi ham ataladi) o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bu yerda biz ushbu metodni kengroq qaraymiz.

Yüklə 383,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin