O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə63/130
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#42551
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
2 5188659349307788084

Mavzu yuzasidan keys topshirig’i

O‘qituvchi doskaga matematikaga oid masala yozayotganda sinfdagi bolalar g’ala-g’ovur qila boshladilar. O‘qituvchi qayrilib qarasa, hamma bolalarning ko‘zi maktab hovlisida edi. Hovlida kuchuk bolasi o‘ynoqlar, u yoqdan, bu yoqqa sakrar edi. Uning oppoq qor ustida irg’ishlab o‘ynashi hammani mahliyo qilgan edi!

O‘qituvchi deraza yoniga kelib, tashqariga tikilib qoldi. O‘qituvchini ko‘rgan bolalar partadan turib ketishdi, g’uj-g’uj bo‘lib derazalar oldiga to‘planib olishdi, bir-birlarining elkalari osha tashqariga qarashardi. Deraza yoniga sig’magan ba’zi bir sho‘x bolalar oyoq kiyimlari bilan partaning ustiga chiqib bo‘y baravar turib olishgan edi. Ular oyoqlari ostida ezilib yotgan daftarlarini ham sezishmasdi.

Butun sinf tashqariga tikilib qolgan edi. Kuchukcha bo‘lsa jimirlab oftobda yiltillayotgan qor uchqunlarini o‘ynatib sakrar, goho keyingi ikki oyog’ida g’oz turib, jim qolar, goho u yoqdan bu yoqqa irg’ishlab sakrardi. Bir payt o‘qituvchi sergak tortib, o‘quvchilarni tinchlantirdi va darsni davom ettirdi. O‘qituvchi mashg’ulotning yo‘qotilgan vaqtiga achinmadi. Umuman, buni yo‘qotilgan vaqt deb atasa bo‘ladimi o‘zi? Mana shu daqiqalarda bolalar qalbiga go‘zallik tuyg’ulari kirib bormadimikan? Ona-Vatanga muhabbat hissi mana shu quyosh nuri tushib turgan va kuchuk bolasi o‘ynab yurgan tabiatga mehr qo‘yishdan boshlanmaydimi?


Keys yuzasidan savollar:

  1. O‘quvchilar bexosdan kuchuk bolasini ko‘rib qolgan vaqtlarida ularda paydo bo‘lgan diqqat qanday ataladi?

  2. Matndan diqqatning tashqi tomondan namoyon bo‘lishiga oid tasvirlarni toping.

  3. Mazkur hikoyada o‘quvchilar diqqatining kechishi qanday psixologik jarayonlar bilan bog’liq?

  4. Tabiatdagi go‘zallikka diqqat qilish shaxsning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini tushuntirib bering



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin