Tayanch tushunchalar-Emotsional jarayonlar.Xis-tuygular.Emotsional
holatlar.Kayfiyat, stresslar, affektlar.Yuksak (axloqiy, aqliy,
estetik, praksik) xislari.
1.Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari .
Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan tasirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday tasir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo`zg`otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to`xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki tasir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to`xtaydi, jasurlanadi yoki qo`rqadi, shubhalanadi va h.k.
His-tuyg`ular kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg`ular albatta ikki qutbli -ijobiy yoki salbiy, yani yoqimli va yoqimsiz bo`ladi.
Hissiyot haqida etarli bilimga ega bo`lish ishlab chiqarish tashkilotchisi, o`qituvchi, pedagog uchun juda muhimdir. O`z ishidan qoniqish hissini paydo qilish, zo`r ko`tarinki ruh bilan ishlash qulay psixologik muhit yaratilishi bilan bog`liq. Bu esa jamoa oldida turgan vazifalarni uning har bir azosi ehtiyoji bilan mustahkamlashiga bog`liq.
Dostları ilə paylaş: |