O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi



Yüklə 144,52 Kb.
səhifə2/9
tarix05.06.2023
ölçüsü144,52 Kb.
#125055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
207 BT Mardona

Kurs ishining tadqiqot obyekti.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida harakatga doir masalalar ustida ishlashni tashkil etilishi jarayoni. Kurs ishining predmetini Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq matnli masalalar yechishni o`rganish tizimi tashkil etadi.
Kurs ishining tadqiqot maqsadi.
Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda harakatga doir masalalarni yechish bo`yicha o‘quvchilar bilimini mustahkamlaydigan bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining tadqiqot farazi.
Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar;
- amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, masofa, tezlik va vaqt topishga doir masalalar yechishni o‘rgatish jarayonida ularning uzviy aloqalari ta‘minlansa;
- harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish subyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta‘minlana borilsa;
Kurs ishining vazifalari:
1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etishda matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish;
2. Matematika kursi materialida boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish faoliyati mazmuni va uni o‘tkazish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash.
3. 4-sinfda harakatga doir matnli masalalarni yechish bo`yicha pedagogik tajriba o`tkazib, yosh boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash. Kurs ishining nazariy va metodologik asosi sifatida ta‘lim sohasidagi yetakchi nazariyalar, matematika o‘qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta‘limning ustivor yo‘nalish ekanligi haqidagi g‘oyalar, mazkur muammoga oid yetuk mutaxassis olimlar qarashlari, sohani isloh qilishga qaratilgan me‘yoriy hujjatlar, istiqbolli rejalar tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar, jumladan masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq masalalar ustida ishlash tizimi mavjud holati va uni o‘rganishning ilmiy-uslubiy hamda amaliy tahlili;
- boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalalarning asosiy mazmuni va uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- 4-sinfda o`rganiladigan harakatga doir matnli masalalar ustida ishlashning tashkiliy uslubiy tomonlari va vositalari;
-boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishning pedagogik va axborotli shart-sharoitlari;
-boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari uchun matematika darslarida harakatga doir matnli masalalar ustida ishlashga ko‘mak berishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar. Kurs ishining ilmiy-uslubiy yangiligi: Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar, jumladan harakatga doir masalalar ustida ishlash tizimi mavjud holati aniqlandi, hamda nazariy uslubiy jihatdan pedagogik muammo sifatida jiddiy tahlil qilindi. Harakatga doir matnli masalalarning asosiy mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy uslubiy tomonlari, o‘qitishni yanada takomillashtirishga qaratilgan pedagogik va axborotli shart sharoitlar aniqlandi. Muammoga oid uslubiy ishlanmalar ishlab chiqildi.

Yüklə 144,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin