O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Termik aktivlashtirilgan Navbahor ishqoriy bentonitini paxta yog’ini oqlash



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
bmi8

Termik aktivlashtirilgan Navbahor ishqoriy bentonitini paxta yog’ini oqlash 
darajasiga aralashtirish vaqtini ta’siri
 
Aralashtirish 
vaqti, minut 
15 
30 
45 
60 
90 
Rangliligi, 
qizil birlikda 
8,9 
8,5 
8,6 
8,9 
9,1 
Yuqoridagi 4 – jadvalda maqbul aralashtirish vaqti 30 minutga teng ekanligini 
ko’rish mumkin. Shular asosida yuqoridagi usulda olingan adsorbentni dastlabki
rangliligi nisbatan yuqori bo’lgan yog’larni oqlashda, 1% dan ko’p bo’lmagan miqdorda 
ishlatish yaxshi samara berishini aytib o’tish kerak. Bunda rafinastiyalash maqsadida 
ishlatiladigan ishqorni miqdorini kamaytirish xisobiga ranglilik darajasini yuqoriroq 
qoldirish (12-15 qizil birlik oralig’ida) hamda mazkur arzon adsorbentni yuqori sifatli 
qimmatbaho adsorbentlar bilan aralashtirib ishlatish xisobiga o’simlik moylarini oqlash 
xarajatlari kamayishiga erishiladi. 
Bundan tashqari mazkur Navbahor ishqoriy bentonitini termik aktivlashtirish 
natijasida olingan adsorbent namunasi uzoq muddat saqlangan chigitlardan olingan paxta 
yog’ini (namlik va issiqlik xisobiga kislotaliligi oshishi, chigit tarkibida bo’ladigan zararli 
qo’shimchalarni yangi hosilalari hosil bo’lishi tufayli) qiyin oqlaydi. Yuqoridagilardan 
xulosa sifatida shularni aytish mumkinki, Navbahor ishqoriy bentonitini maqbul sharoitda 
termik aktivlashtirish yordamida yetarli adsorbstion xususiyatlarga ega bo’lgan sorbent 
olish mumkin. Ammo bu sorbentni o’simlik moylarini oqlash darajasi kislota yordamida 
ishlov berilgan an’anaviy sorbentlarnikidan bir muncha pastdir. Lekin faqatgina termik 
aktivlashtirish yo’li bilan olinadigan ushbu juda arzon adsorbentni o’simlik moylarini 
oqlash darajasini dastlab zavod laboratoriyasi sharoitida tekshirib ko’rib, uni yaxshi 
samara beruvchi holat va miqdorlarda, hamda uni yuqori sifatli adsorbentlar bilan kerakli 
miqdorda aralashtirib ishlatish yuqori iqtisodiy samara beradi. Shular asosida biz 


Navbahor ishqoriy bentonitiga kislota yordamida ishlov berish shart emas deb topdik. 
Navbahor ishqoriy-yer bentonitini aktivligi termik ishlov berish natijasida juda kam 
miqdorda oshganligini inobatga olib, unga aktivligini oshirish maqsadida kislota 
yordamida ishlov berishni ma’qul deb topdik. Navbahor ishqoriy-yer bentonitiga kislotali 
ishlov berishni maqbul parametrlarini aniqlash keyingi bo’limda ko’rib chiqilgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin