O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Navbahor ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini almashinuvchi kationlar tarkibi va



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
bmi8

Navbahor ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini almashinuvchi kationlar tarkibi va 
koloidligi (MDH davlatlaridagi asosiy bentonit konlari bilan solishtirilgan holda) 
Yuqoridagi 2-jadvaldan ko’rinib turibdiki, Navbaqor ishqoriy va ishqoriy-yer 
bentonitlari almashinuvchi kationlari yuqori bo’lgan gillar jumlasiga kiradi. Ammo, 
Navbahor ishqoriy bentonitini kolloidligi juda yuqori kolloidlikka ega bo’lgan Oglanli va 
Askangel bentonitlaridan bir muncha kam bo’lsa ham, ishqoriy-yer bentoniti kolloidligiga 
nisbatan ancha yuqoridir. Bundan tashqari Navbahor ishqoriy bentonitini bo’kuvchanligi 
ham ishqoriy-yer bentoniti bo’kuvchanligidan keskin farq qiladi. 
Navbahor ishqoriy bentoniti suv bilan aralashtirilganda bo’kib, qovushqoq 
harakatlanuvchi quyqa hosil qildi. Qattiq aralashtirilganda esa u oquvchan xususiyatga ega 
bo’ldi (tiksotropiya). Ishqoriy-yer bentoniti suv bilan aralashtirilganda tiksotroplik 
xossasini namoyon qilmadi, balki uning dag’al dispers suspenziyasi tez vaqt ichida 
qavatlarga ajralib cho’kdi. 
almashinuvchi kationlar miqdori mg.ekv/100 gr. 
Bentonit nomi
Na
+
K
+
Ca
+2
Mg
+2
Summa 
Kolloidligi 
Navbahor: 
Ishqoriy 
60,73 
1,05 
5,38 
10,60 
77,93 
85-90 
Navbahor: 
Ishqoriy-yer 
45,81 
1,92 
7,64 
18,45 
73,80 
50-60 
Biklyan 
3,8 
34,6 
10,0 
48,4 
56 
Gumbrin 
14,5 
57,6 
10,2 
82,3 
32 
Oglanli 
78,4 

7,6 
86 
100 
Cherkas 
2,6 
53,5 
23,9 
80,0 
33 
Askangel 
52,2 
48,0 
7,5 
107,7 
100 
Askanglina 
2,4-16,2 
54,1-88,1 
8,0-17,0 
64,5-
119 
72 


Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini mineralogik tarkibini aniqlash 
maqsadida rentgenografik tahlillar o’tkazildi (2-rasm). Bunga ko’ra ishqoriy va ishqoriy-
yer bentonitlari montmorillonit, kvarst, kalsit, dolomit, limonit, mullit va kaolinit kabi 
minerallardan tarkib topgandir. Ishqoriy bentonit tarkibida montmorillionit mineralining 
miqdori 70% gacha etadi. Ishqoriy-yer bentonit namunasida esa montmorillonit minerali 
miqdori nisbatan kam bo’lib, qolgan kvarst, kalsit va dolomit hamda mullit va kaolinitni 
miqdori esa bir muncha yuqoridir. 


2-rasm. Navbahor koni ishqoriy (a) va ishqoriy-yer (b) bentonitlari 
difraktogrammasi. 
Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini temperatura ta’sirida 
qanday o’zgarishlarga uchrashini aniqlash masadida ularni namunalarini differenstial 
termik tahlili o’tkazildi (3-rasm). Unga ko’ra Navbahor ishqoriy bentonitida ishqoriy-
yer bentonitiga nisbatan ko’p miqdorda adsorbsion bog’langan suv mavjudligi, 
ishqoriy-yer bentonitida esa birinchi endoeffekt nisbatan past haroratda hosil bo’lishi 
uning almashinuvchi kompleksi tarkibida kalsiy va magniy kationlarini ko’pligiga 
bog’liqligi aniqlandi. 


3-rasm. Navbahor koni ishqoriy (a) va ishqoriy-yer (b) bentonitlari differenstial termik 
tahlili. 
Yuqoridagi kompleks fizik-kimyoviy tahlil natijalari asosida xulosa qilib aytish 
mumkinki, Navbahor koni ishqoriy bentoniti o’zini tarkibida ko’p miqdorda natriy 
ushlashi va shunga bog’liq ravishda tarkibidagi adsorbsion bog’langan suv miqdori 
ko’pligi hamda uning dispersligi va kolloidligi yuqoriligi, uni adsorbsion xususiyatlarini 
termik aktivlashtirish natijasida oshirish mumkinligini, ishqoriy-yer bentonitini esa bu 
usulda aktivlashtirish qiyinligini bildiradi. Navbaor ishqoriy-yer bentoniti adsorbsion 
xususiyatlarini keskin oshirish uchun uni kislotali aktivlashtirish lozim bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Navbahor ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlaridan 
adsorbent olish maqsadida ularga asosiy texnologik faktorlarni, yani termik ishlov berish 
temperaturasi va vaqti, disperlik darajasi, shuningdek, kislotali ishlov berishda esa kislota 
konstentrastiyasi va sarfi hamda ishlov berish davomiyligi dastlabki tekshirishlar 
natijasida o’rganildi. 


Bunga ko’ra kutilganidek Navbahor ishqoriy bentonitiga termik ishlov berish 
natijasida uni adsorbstion qobiliyati sezilarli darajada oshganligi, ishqoriy-yer bentonitini 
aktivligi esa termik ishlov berish natijasida juda kam darajada oshganligi kuzatildi. 
Disperslik darajasini oshishi esa ikkala tur bentonit uchun ham ijobiy tasir qilishi kuzatildi. 
Navbahor ishqoriy-yer bentonitini arzon va ishqoriy bentonitga nisbatan past 
sifatga ega ekanligi, ishlatilish sferasi kamligi hamda termik aktivlashtirish unga 
kuchsiz ta’sir ko’rsatganligini hamda unga kislotali ishlov berishda yuqori sifatli va 
nisbatan arzon sorbent olish mumkinligini inobatga olib, bu tur bentonit uchun kislotali 
aktivlashtirish usulini qo’llash kerakligini adabiyotlarni tahlil qilishda o`rganib chiqdik. 
Yuqoridagilardan qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o’tkazilgan ilmiy va 
amaliy tadqiqotlar natijasida har bir tur Navbahor bentoniti uchun iqtisodiy va 
texnologik jihatdan qulay dastlabki texnologik sxema belgilandi. Navbahor ishqoriy va 
ishqoriy-yer bentonit turlariga belgilangan texnologik sxema bo’yicha ishlov berishni 
maqbul parametrlarini aniqlash keyingi qismda batafsil ko’rib chiqilgan. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin