O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
bmi8

 
 


 


 
II.
 Ishning qisqacha mazmuni maqsad va vazifalari
 
Respublikamizda haligacha yog’-moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun 
import o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonit, shuningdek neft va gaz sanoati uchun 
bentonitli gillar asosida tabiiy katalizatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi yog’-moy korxonalarida paxta va boshqa o’simlik 
yog’larini oqlash, rafinastiya qilish maqsadida chetdan qattiq valyuta hisobiga tashib 
keltiriladigan qimmatbaxo adsorbentlar ishlatilmoqda. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, o’simlik moylarini oqlash 
maqsadida mahalliy Navbahor koni bentonitli gilini aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish 
va shu asosda import o’rnini bosuvchi adsorbent olish bugungi kunning dolzarb masalalari 
qatoriga kiradi.
Ishning maqsadi: Mazkur ishlanmaning maqsadi maxalliy xom-ashyo Navbahor koni 
bentonitli gili asosida asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatishga mo’ljallangan 
import o’rnini bosuvchi adsorbent olish texnologiyasini yaratishdan iborat bo’lib, 
tadqiqotlar natijasida Navbahor koni bentonitli gili asosida importga nisbatan arzon 
adsorbent olishga erishiladi. Taklif qilinayotgan texnologiya asosida olingan adsorbent 
chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladi.
Ishning vazifasi: Mazkur loyihaning vazifasi Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer 
bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, 
ularni har biri uchun mos aktivlashtirish sharoitlarini o’rganish va ularni o’simlik 
moylarini oqlashda sinab ko’rishdan iborat bo’lib, buni amalga oshirish uchun quyidagi 
masalalar yechiladi: 
- Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy
xususiyatlarini o’rganish; 
- Asosiy texnologik faktorlarni aktivlashtirilgan bentonitni adsorbstion xossalariga
tasirini o’rganish; 
- Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitlarini aktivlashtirish usulini yaratish; 
- Olingan adsorbentlar yordamida o’simlik moylarini oqlash va ularni sifat 
ko’rsatkichlarini aniqlash. 


Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy 
xususiyatlarini qo’shimcha o’rganish asosida, ularni aktivlashtirishni maqbul rejimlari 
o’rganildi va shular asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatish mumkin bo’lgan 
adsorbent olishga erishildi. Olingan adsorbent yordamida laboratoriya va korxona 
sharoitida oqlangan paxta yog’i ko’rsatkichlari GOST talablariga javob berishi aniqlandi. 
Shuningdek, ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gillari asosida sanoat sharoitida adsorbent 
olishni texnologik reglamenti yaratildi.
Yaratilgan texnologiya asosida olingan adsorbent chetdan import qilinayotgan 
analog adsorbentlar o’rnini bosa oladi. Navbahor ishqoriy-yer bentoniti asosida olingan 
adsorbentni Respublikamiz yog’-moy korxonalariga tadbiq etish natijasida hozirgi kunda 
chetdan tashib keltirilayotgan adsorbentning tonnasi bir ming besh yuz (1500) AQSh 
dollari, taklif qilinayotgan adsorbentning tonnasi esa taxminan besh yuz (500) AQSh 
dollari atrofida bo’lishini hamda Respublikamiz yog’-moy korxonalari ehtiyoji uchun 
yiliga bir ming tonnadan ortiq adsorbent import qilinishi hisobga olinsa, yiliga (1000 t x 
1000 AQSh dollari = 1000 000 AQSh dollari) 1 mln AQSh dollari atrofidagi mablag’ni 
iqtisod qilishga erishish mumkin bo’ladi. Bundan tashqari adsorbent importi to’xtatilishi 
natijasida yiliga 1 mln AQSh dollaridan ortiq mablag’, ya’ni qattiq valyuta tejalishi 
hisobiga mamlakatimiz qattiq valyuta zahirasi mustahkamlanadi. Olingan adsorbentni 
qo’shni davlatlarga eksport qilish natijasida qo’shimcha iqtisodiy samara olishga hamda 
mamlakatimiz qattiq valyuta zahirasini mustahkamlashga erishiladi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin