O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Yog’-moy sanoati sorbentlariga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
bmi8

1.2. Yog’-moy sanoati sorbentlariga qo’yiladigan talablar 
Yog’-moy sanoati tomonidan sorbentlarga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1. Sorbent mumkin qadar ko’p miqdorda zararli qo’shimchalarni o’ziga adsorbstiyalashi,
shu jumladan, yo’qotilishi zarur bo’lgan moddalarni tanlab adsorbsiyalashi lozim.
Adsorbentni tanlovchanlik xarakteridan kelib chiqib, har bir alohida xolatda mavjud
zararli qo’shimchaga nisbatan aktiv bo’lgan, muvofiq adborbent tanlanadi.
2. Sorbent yuqori aktivlikka ega bo’lishi bilan birgalikda past moy shimuvchanlikka ega
bo’lishi zarur. Moyni oqlash uchun qanchalik kam miqdorda adsorbent talab qilinsa,
uning aktivligi shunchalik yuqori bo’ladi. Adsorbent zararli qo’shimchalar bilan
birgalikda moyning o’zini ham shimishini e’tiborga olib, iloji boricha oqlash jarayonini
kam miqdordagi aktivligi yuqori sorbent yordamida olib borishga harakat qilinadi.
Yuqori moy shimuvchanlikka ega (75 % dan yuqori) adsorbentlarni o’simlik moylarini
adsorbsion tozalashda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun u yoki bu
sorbentni sifatini tekshirishda birinchi navbatta uning moy shimuvchanligi aniqlanadi. 
3. Sorbent moyga nisbatan kimyoviy indeferent bo’lishi ya’ni unda hech qanday kimyoviy
o’zgarish (masalan oksidlanish) bo’lishini chaqirmasligi zarur.
4. Sorbent moyga tashqi hid va ta’mlarni bermasligi lozim.
5. Sorbent moydan osonlik bilan ajralishi zarur. Odatda bunday ajratish cho’ktirish va
filtrlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Juda ham yuqori disperslikka ega changsimon


sorbentni moydan ajratish qiyinchilik tug’diradi. Shu bilan birga sorbent qanchalik
maydalashishi va erkin yuzasini oshib borishi bilan uning aktivligi oshib boradi.
Shuning uchun bu yerda sorbentni yuqori aktivligi bilan bir vaqtda normal filtrastiya
jarayonini ta’minlovchi maqbul maydalik darajasini topish zarur bo’ladi [19].
Respublikamizni viloyatlarida joylashgan bentonitli gil tuproqlarni o’rgandik. Ushbu 
konlarda uch xil turdagi tabiiy alyumosilikatlar ya’ni ishqoriy va ishqoriy-er bentoniti 
hamda karbonatli paligorskit qazib olinmoqda. Bugungi kunda “Bentonit” MChJ 
korxonasi tomonidan ushbu kondagi ishqoriy bentonit kukun holiga keltirilib, neft va gaz 
sanoati 
uchun burg’ulash eritmasi 
tayyorlashda 
ishlatilish 
maqsadida 
ishlab 
chiqarilmoqda. 
Biz ushbu ishqoriy va ishqoriy-er bentonitli gil turlarini fizik-kimyoviy 
xususiyatlarini, ulardan yog’-moy sanoatida ishlatiladigan adsorbent olish imkoniyatlarini 
o’rganish maqsadida tekshirdik. 
Buning uchun Navbahor ishqoriy va ishqoriy-er bentonitlaridan miqdor bo’yicha bir 
xil namunalar olindi. Olingan barcha namunalar o’rtacha namuna olish uchun yaxshilab 
aralashtirildi. 
Navbahor ishqoriy va ishqoriy-er bentonit turlari makroskopik jihatdan deyarli bir 
jinsli, yashilsimon rangli (qo’ng’ir-sarg’ish dog’ va linzali) gilsimon tarkibga ega qattiq 
jinsdir. Ayniqsa, Navbahor ishqoriy bentonitini yog’liligi va sovunsimon konsistentsiyaga 
egaligi ishqoriy-er bentonitinikidan yuqori turadi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin