KIRISH
O‘zbekistonda sanoat sohasidagi iqtisodiy islohotlar
mahalliy va xorijiy
sarmoyani jalb etib, ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarga asoslangan murakkab
turlarini
yo‘lga
qo‘yishga
yo‘naltirilgan.
Buning
natijasida
so‘nggi
yillarda
mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’ati yiliga 7 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Korxonalar
yangidan jihozlanib, import o’rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
ko‘paymoqda.
Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati
uchun qulay sarmoyaviy muhit va zarur huquqiy-me’yoriy asos yaratilgan. Bu esa eksport
salohiyatining jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov o’zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida
ko’rsatib o’tganlaridek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy
etish kerakligi hamda import o’rnini
bosadigan, eksportga yo’naltirilgan va
mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish zarurligi, bular o’z
navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega
bo’lishini ta’minlash imkonini berishi takidlab o’tilgan [1].
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni toza saqlash maqsadida
chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasining “chiqindilar
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi [2].
Gilsimon moddalar ichida “bentonitlar” ko’plab qimmatli xususiyatlarga
egaligi va shu
sababli xalq xo’jaligining ko’plab tarmoqlarida keng miqyosda ishlatilishi tufayli muhim
rol o’ynaydi.
Hozirgi kunda bentonitli gillar xalqaro savdoning eng muhim obektlaridan biri
hisoblanadi. Bu ayrim mamlakatlarda bentonitli gillarni etishmasligi bilan emas, balki
ularning sifati bilan bog’liqdir.
Har bir bentonitli gil koni, ba’zida konning har bir
uchastkasi yoki plasti bir-biridan dispersligi, bog’lash qobiliyati, almashinuvchi aktivligi
va boshqa xususiyatlari bilan farqlanuvchi spestifik xususiyatlarga ega bo’ladi.
Bunday
farqlanish gil tarkibidagi alohida komponentlarning miqdori, almashinuvchi asosni
xarakteri va nisbatlari kabilar bilan bog’liqdir.
Shunisi muhimki, bentonitli gillarni aktivlashtirish bo’yicha to’plangan ko’p yillik
tajribalarga qaramasdan, ularga ishlov berish natijasida har
doim ham sanoat talablariga
javob beradigan mahsulot olishni iloji bo’lmaydi. Natijada ishlov berishdan keyin ham
yuqori sifatga ega bo’lmagan gillardan foydalanishga majbur bo’linadi. Bentonitli gillarni
ishlatilish sohasi o’zgarishi bilan, ularni sifatiga qo’yiladigan talablar ham o’zgarib boradi.
Bu esa o’z navbatida yangi bentonitli gil konlarini o’zlashtirishda texnologik ilmiy-
tadqiqot izlanishlarini olib borishni talab qiladi.
So’ngi yillarda Respublikamizda ham bentonitli gillar xalq xo’jaligining turli
tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanilmoqda. Ammo ularni ishlab chiqarish hajmi va
assortimenti hozirgi kunda Respublikamizda mavjud bo’lgan
talabni qondirishga yetarli
darajada emas. Tovar bentonitini ko’plab turlari mavjud bo’lishiga qaramasdan, hozirgi
kunda asosan Respublikamizda neft va gaz sanoati ehtiyoji uchun “burg’ulash eritmasi”
(burovoy rastvor) olishda ishlatiladigan bentonit kukuni ishlab chiqarilmoqda.
Respublikamizda haligacha yog’-moy sanoati va boshqa tarmoqlar ehtiyoji uchun import
o’rnini bosuvchi aktivlashtirilgan bentonit, shuningdek
neft va gaz sanoati uchun
bentonitli gillar asosida tabiiy katalizatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan.
Dostları ilə paylaş: